A
x up auto down

"Turkmen Hemrasi" SUN'IY YO'LDOSH ALOQA XIZMATLARINI KO'RSATUVCHI KOMPANIYASI MUTAXASSISLARI BILAN UCHRASHUV BO'LIB O'TDI

2019 yilning 9 noyabr kuni "RRTM" DUKda Turkmanistonning sun'iy yo'ldosh aloqa xizmatlarini ko'rsatuvchi "Turkmen Hemrasi" kompaniyasi mutaxassislari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuvda "RRTM" DUK Bosh direktori Murodjon Sabirov, texnik direktor Maxmud Turgunov, "Turkmen Hemrasi" kompaniyasi direktori Batir Orazdurdiyev boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etishdi.

Uchrashuvda o'zaro hamkorlikni kengaytirish va rivojlantirish istiqbollari, raqamli televideniye dasturlarini sun'iy yo'ldosh aloqa tarmog'i orqali uzatish masalalari atroflicha ko'rib chiqildi. Kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar bo'yicha fikr almashildi, o'zaro hamkorlik imkoniyatlari ko'rib chiqildi. Shuningdek, "Turkmen Alem" sun'iy yo'ldosh aloqa tarmog'i orqali Respublikamizning tog'li va borish qiyin bo'lgan aholi punktlariga, shuningdek chet mamlakatlarga tele va radiodasturlarini uzatib berish hamda sun'iy yo'ldosh aloqa tarmog'i orqali ma'lumotlar uzatish (internet) xizmatlarini ko'rsatish masalalari muhokama etildi.  

Uchrashuv ochiq, samimiy ruhda, o'zaro muloqot ko'rinishida bo'lib o'tdi. Uchrashuv so'ngida "Turkmen Hemrasi" direktori Batir Orazdurdiyev samimiy uchrashuv uchun minnatdorchilik bildirib o'tdi.