A
x up auto down

SUN'IY YO'LDOSH ALOQA XIZMATLARINI KO'RSATUVCHI "AZERSPACE" KOMPANIYASI MUTAXASSISLARI BILAN UCHRASHUV BO'LIB O'TDI

2019 yilning 30 oktyabr kuni "RRTM" DUKda Azarbayjonning sun'iy yo'ldosh aloqa xizmatlarini ko'rsatuvchi "AZERSPACE COMMERSIAL GROUP" kompaniyasi mutaxassislari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuvda "RRTM" DUK Bosh direktori Murodjon Sabirov, texnik direktor Maxmud Turgunov, "AZERSPACE COMMERSIAL GROUP" rahbari  Yolchu Hasanov ishtirok etishdi.

Uchrashuvda o'zaro hamkorlikni kengaytirish va rivojlantirish istiqbollari, raqamli televideniye dasturlarini sun'iy yo'ldosh aloqa tarmog'i orqali uzatish masalalari atroflicha ko'rib chiqildi. Kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar bo'yicha fikr almashildi, o'zaro hamkorlik imkoniyatlari ko'rib chiqildi. Shuningdek, "AZERSPACE" kompaniyasining sun'iy yo'ldosh aloqa tarmog'i orqali Respublikamizning tog'li va borish qiyin bo'lgan aholi punktlariga, shuningdek chet mamlakatlarga tele va radiodasturlarini uzatib berish hamda sun'iy yo'ldosh aloqa tarmog'i orqali ma'lumotlar uzatish (internet) xizmatlarini ko'rsatish masalalari muhokama etildi.  

Uchrashuv ochiq, samimiy ruhda, o'zaro muloqot ko'rinishida bo'lib o'tdi. Uchrashuv so'ngida "AZERSPACE COMMERSIAL GROUP" rahbari  Yolchu Hasanov samimiy uchrashuv uchun minnatdorchilik bildirib o'tdi.