A
x up auto down

"Til - millat ko'zgusi" mavzusida davra suxbati tashkil etildi

"RRTM" DUKda O'zbekiston Respublikasiniing "Davlat tili haqida"gi hamda "Xotin qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolarlari to'g'risida"gi Qonuni mazmun-mohiyatini xodimlarga yetkazish yuzasidan davra suxbati tashkil etildi.

Tadbirda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti 'Gumanitar fanlar' kafedrasi o'qituvchisi Boboyorov Bobomurod Normatovich o'z ma'ruzasi bilan ishtirok etdi.

Tadbirda so'z olganlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan joriy yilning 4 oktabr kuni “Davlat tili haqida”gi qonunning 30 yilligini munosib nishonlash to‘g‘risida qaror imzolanganligi, mazkur qaror bilan o‘tkaziladigan ommaviy ma’naviy-ma’rifiy chora-tadbirlar dasturi tasdiqlanganligi va mamlakatimizda keng miqiyosda tadbirlar tashkil etilayotganligi, mamlakatimizda demokratik huquqiy davlat, erkin fuqarolik jamiyati qurish jarayonida, eng avvalo, o‘zbek tilining mavqeini yuksaltirishda 1989 yilning 21 oktyabrida “Davlat tili haqida”gi Qonunning qabul qilinishi beqiyos ahamiyat kasb etishi. ushbu huquqiy hujjat o‘zbek tilini davlat va jamiyat hayotining barcha sohasida qo‘llashning qonuniy asoslarini yaratishi barobarida, uni asrab-avaylash, yanada boyitish, ilmiy-ijodiy faoliyatda to‘laqonli foydalanish imkonini paydo qilganligiga to'xtalib o'tishdi.

O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilishi uning rivojlanishida, ma’naviy-madaniy meros, umummilliy boylik, oliy qadriyat sifatida shakllanishida kuchli omil bo‘layapti. Shu bilan birga, boshqa tillarning ham izchil taraqqiy topishini har tomonlama kafolatlamoqda. Jumladan, davlat tilini o‘rganish uchun fuqarolarga shart-sharoit yaratish, shuningdek, yurtimizda yashovchi millat hamda elatlarning tillariga izzat-hurmat bilan munosabatda bo‘lish Qonunning alohida moddasida mustahkamlab qo‘yilgan.

Mazkur hujjat davlat boshqaruvida, ijtimoiy hayotda, xalqaro va millatlararo munosabatlarda, ishlab chiqarishda, sudlov ishlarida, notarial harakatlarda, fuqarolik holatini qayd etuvchi hujjatlarda, axborot olish hamda inson hayoti va faoliyati bilan bog‘liq turli munosabatlarda davlat tili hamda boshqa tillarning qo‘llanilishini tartibga soluvchi normalarni qamrab olgan.  Albatta, bularning barchasi “Davlat tili haqida”gi Qonunning hayotimizda samarali tatbiq qilinishiga qaratilishi bilan e’tiborlidir. Zero, ona tili — millatning tarixiy, ma’naviy-madaniy qiyofasini o‘zida ifodalovchi beqiyos boylikdir. Uning sofligini saqlash esa millat qiyofasini, ruhining pokizaligini ta’minlash bilan chambarchas bog‘liq. Shunday ekan, amaldagi Qonun normalari bajarilishini ta’minlashda har birimiz faollik ko‘rsatishimiz maqsadga muvofiq.

Bugun yurtimizda xotin-qizlarning haq-huquqlarini, qonuniy manfaatlarini ta’minlash, qobiliyat va imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish, bir so‘z bilan aytganda, opa-singillarimizni jamiyatning teng huquqli, faol va bunyodkor a’zosiga aylantirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Ayollar muammolarini bartaraf etishga, ularning haq- huquqlarini himoya qilish, oila va jamiyatdagi nufuzini oshirishda respublikamizdagi mavjud barcha vazirlik va idoralar keng jalb qilinayapti, bugun ayollar masalalariga barcha tashkilotlar va ularning rahbarlari boshqacha ko‘z bilan, ya’ni ijobiy va jiddiy qarashmoqda. Bunday yondashuv amaliy va samarali natijalarni bermoqda, xotin-qizlarning yaxshi yashashi, mehnat qilishi uchun barcha sharoit va imkoniyatlar yaratilmoqda. Kuni kecha Prezidentimiz tomonidan tasdiqlangan “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida"gi qonun bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Bu esa bugungi kunda yurtimizda ayollarga e’tibor har qachongidan ham yuksaklarga ko‘tarilganligidan dalolat beradi.

Mazkur qonunda jamiyat va davlat ishlarini boshqarish, saylov jarayoni, sog‘liqni saqlash, ta’lim, ilm-fan, madaniyat, mehnat va ijtimoiy himoya, shuningdek, davlat va jamiyat hayotining boshqa sohalarida ayollar va erkaklarning teng ishtiroki kafolatlangan.

O‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir orqali xodimlar o‘zlariga foydali bo‘lgan ma’lumotlarni oldilar hamda “Davlat tili haqida”gi va “Xotin-qizlar erkaklar uchun teng huquqlari hamda imkoniyatlari kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunlar mazmun-mohiyati to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘ldilar.