A
x up auto down

Axborot xavfsizligini ta'minlashga mas'ul xodimlar malaka oshirish o'quv kurslarida ishtirok etishdi

Bugungi kunda jamiyatda va iqtisodiyotda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish darajasi jadal sur’atda rivojlanib ketayotgan bugungi davr axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha olib borilishi lozim bo‘lgan masalalar dolzarbligini yanada oshirmoqda. Shu munosabat bilan, RRTM DUKning axborot xavfsizligi yo'nalishida faoliyat yuritayotgan 10 nafar xodimlar joriy yilning 23-28 sentyabr kunlari "O'zbektelekom" AK "Telekommunikatsiya va personalni rivojlantirish markazi" filialida tashkil etilgan "Korxonada axborot xavfsizligi" mavzusida tashkil etilgan malaka oshirish o'quv kurslarida ishtirok etishdi. 

O‘quv mashg‘ulotlari tajribali mutaxassislar tomonidan nazariy va amaliy shaklda olib borildi va dars jarayonlari turli ko‘rgazmali va multimedia vositalari yordamida o‘tkazildi.

O'quv mashg'ulotlari yakunida belgilangan tartibda tinglovchilardan yakunit test xulosalari olinib, maxsus sertifikatlar topshirildi.

Ushbu tashkil etilgan o‘quv kursida olingan ma’lumotlar mutaxassislarning mazkur yo‘nalishlardagi bilim ko‘nikmalarini yanada mustahkamlashga va kelgusi faoliyatlarida foydalanishlari uchun xizmat qiladi.