A
x up auto down

“RRTM” DUK mutaxassislari Xitoy davlatining Guandjou shaxrida bo‘lib o‘tgan dunyo buyuk minoralar federatsiyasi konferensiyasida ishtirok etib qaytishdi

Joriy yilning 6-10 sentabr kunlari Xitoy Xalq Respublikasining Guanchjou shahrida Dunyo buyuk minoralar federatsiyasi 32- konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Federatsiya a’zolari orasida Toshkent teleminorasi (O‘zbekiston), Eyfel minorasi (Fransiya), Empire State Building (AQSh), bugungi kunda dunyodagi eng baland bino (BAA), CN Tower (Kanada) va boshqalar qatnashdilar. Ushbu konferensiyaga dunyoning 29 davlatidan delegatlar tashrif buyurdi.

Konferensiyada “RRTM” DUK Bosh direktori v.b. M.Sabirov, Toshkent Radioteleuzatish markazi direktori v.b. A.Qurbonov va Toshkent Radioteleuzatish markazi raqamli televideniye tarmoqlarini boshqarish va nazorat qilish markazi muhandisi V.Fayzullayevlar ishtirok etishdi.

Konferensiyada boshqa ishtirokchilar qatorida Toshkent teleminorasida qo‘llanilayotgan innovatsiyalar va turistlarni oqimini oshirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha taqdimot o‘tkazilgan. Yig‘ilish ishtirokchilari tomonidan Toshkent teleminorasida turistlar oqimini oshirish bo‘yicha erishilgan natijalar e’tirof etilgan.

Konferensiya so‘ngida Dunyo buyuk minoralar federatsiyasining keyingi konferensiyasini tashkillashtirish uchun Rossiya Federatsiyasi poytaxti Moskva shahri tanlangan.

Ma’lumot uchun, Dunyo buyuk minoralar federatsiyasi (Federatsiya) 1989 yilda tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda 22 davlatidan 54 ta baland minoralar Federatsiya tarkibiga kiritilgan. Federatsiya faoliyatining asosiy maqsadi dunyoning buyuk minoralari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, minoralarni boshqarish va ekspluatatsiya qilish, minoralar turizmini rivojlantirish, minoralar faoliyatiga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish kabi masalalarda tajriba almashishdan iborat. Federatsiya a’zolari ishtirokida har yili muntazam konferensiyalar o‘tkazib kelinadi.

“Radioaloqa, radioeshittirish va televideniya” davlat unitar korxonasi tasarrufidagi balandligi 375 metr bo‘lgan Toshkent teleminorasi respublikamizning noyob arxitektura inshoati bo‘lib, 1991 yildan buyon Dunyo buyuk minoralar federatsiyasi azosi hisoblanadi.