A
x up auto down

"RRTM" DUK rahbari ishdan olinganligi bo'yicha tarqatilgan xabarlar yuzasidan korxona rasmiy ma'lumoti

“Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi” davlat unitar korxonasi bugun, 2019 yilning 14 iyun kuni ayrim internet saxifalari va ijtimoiy tarmoqlarda korxona rahbari ishdan olinganligi yuzasidan tarqalgan xabarlarga munosabatini bildiradi.

“Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi” davlat unitar korxonasi Bosh direktori lavozimidan ozod etilganligi bo‘yicha tarqalgan axborotlar tasdiqlanmagan, soxta xabarlar bo‘lib, korxona rahbari hozirgi kunda doimgidek o‘z faoliyatini davom etittirmoqda. Korxona rahbariyatida o‘zgarishlar sodir bo‘lgan taqdirda, bu to‘g‘risida “RRTM” DUKning rasmiy veb sayti (www.crrt.uz )da ma’lumot beriladi.

“RRTM” DUK O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 40-41-moddalariga asosan, shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini qasddan kamsitish, sharmanda qiluvchi turli uydirmalarni tarqatish uchun eng kam oylik ish haqining yigirma baravaridan oltmish baravarigacha miqdorida jarima solishga sabab bo‘lishi belgilab qo‘yilganligi to‘g‘risida ogohlantiradi.