A
x up auto down

Toshkent teleminorasini chaqmoq urishi bo'yicha tarqalgan axborot va fotosurat bo'yicha korxona ma'lumoti

“Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi” davlat unitar korxonasi, joriy yilning 6 iyun kuni internet sahifalari va ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan balandligi 375 metr bo‘lgan Toshkent teleminorasini chaqmoq urgani bo‘yicha axborotlarni va chaqmoq urishi jarayoni aks etgan foto surat bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qiladi.

Toshkent shahridagi kuzatilgan noqulay ob-havo sharoiti vaqtida Toshkent teleminorasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chaqmoq urish hodisasi sodir bo‘lmagan.

Toshkent teleminorasida Toshkent Radioteleuzatish markazi faoliyat yuritayotgan bo‘lib, bugungi kunda barcha texnik qurilmalar barqaror ishlamoqda va aholiga raqamli teleradiodasturlar uzluksiz tarqatib kelinmoqda.

Respublikamizning noyob arxitektura inshoati bo‘lmish Toshkent teleminorasi kuchli chaqmoq urishiga qarshi himoya tizimi va yerga ulanish konturlari bilan ta’minlangan. Shu sababli, chaqmoq urgan taqdirda ham, hech qanday xavf va havotirga asos yo‘q.