A
x up auto down

Toshkent shahridagi muqaddas qadamjolar ziyorat qilindi

Mamlakatimizda hozirgi kunda ziyorat turizmini rivojlantirishga katta ahamiyat berilmoqda. Yurtimizdagi tarixiy obidalar, muqaddas qadamjolarga tashrif buyurish, u yerdagi obida-yu yodgorliklarning asl mohiyatini dildan his qilish chin ma’noda o‘zlikni anglashga imkon beradi.

“RRTM” DUK rahbariyati va korxona Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tashabbusi bilan respublikamiz hududida joylashgan diqqatga sazovor qadamjolarga sayohatlarni uyushtirish muntazam tashkil etib kelinmoqda.

Joriy yilning 16 may kuni korxona xodimlari Toshkent shahri Chilonzor tumanidagi So‘galli ota ziyoratgohi yonida Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf nomida yangi bunyod etilgan majmuaga va Shayxotoxur tumanidagi “Suzuk ota” maqbarasi va jome masjidiga ziyorat qilish uchun tashrif buyurishdi.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf majmuasi tarkibidagi masjidga kiraverishda muhtasham ichki va tashqi peshtoq qad rostlab turibdi. Majmuani bezab turgan ikkita minora ustiga kichik gumbazlar o‘rnatilgan, qubbalaridagi hilol masjid ko‘rkiga o‘zgacha chiroy berib turibdi. Masjid devorlarini bezashda an’anaviy va zamonaviy usullardan foydalanilgan. Masjidga chiroy berib turgan naqsh bezaklari u yerga tashrif buyuruvchi har bir inson ruhiyatida olam-olam iliq tasavvur paydo qiladi.

Korxona xodimlari ham ushbu muqaddas qadamjolarni ziyorat qilishdi. Ushbu majmualarga tashrif lar xodimlarda katta taassurotlar qoldirdi.