A
x up auto down

E'lon: 2019 yil 4 maydan televizion uzatkichlardagi telekanallar ro`yxatida o`zgarishlar amalga oshiriladi

 

 2019 yil 4 maydan Toshkent shahri aholisiga raqamli teledasturlarni uzatib beruvchi televizion uzatkichlardagi telekanallar ro`yxatida quyidagi o`zgarishlar amalga oshiriladi:
- ZO`R TV HD, MY5 va Milliy telekanallari 31 TVK (televizion kanal) chastotadan 40 TVK chastotaga o`tkaziladi;
- UZHD telekanali 31 TVK ga qo`shiladi.

"UZDIGITAL TV" MCHJning tijorat paketi tarkibida:
- Первый канал HD 40 TVK dan 30 TVK ga o`tkaziladi.

Shuningdek «Oriat FM» va «Oriat DONO» nodavlat radio kanallari birinchi tijorat uzatkichlari ro`yxatiga kiritiladi. Sozlamalarni hudud chastotalariga qarab o`zgartirishingizni so`raymiz. Sozlash uchun qo`llanmalar

Manba: www.uzdtv.uz