A
x up auto down

TENDER: MAXSUS ZANJIRLI AVTOTRANSPORT VOSITALARINI (TYAGACH) YETKAZIB BERISH bo'yicha tender g'olibi aniqlandi

"Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi" davlat unitar korxonasi 2 dona maxsus zanjirli avtotransport vositalarini (tyagach) yetkazib berish bo‘yicha tender savdosi o‘tkazilayotganligi bo'yicha e'lon berilgan edi. 2019 yilning 25 mart kuni bo'lib o'tgan tender savdolari natijalari bo'yicha rasmiylashtirilgan 6-son bayonnoma qaroriga ko'ra,  ООО «Специальные транспортные машины» korxonasi (Rossiya) "Langar va Qo‘ytosh radiotelevizion stansiyalarini uzluksiz va xavfsiz ishlashini ta’minlash maqsadida, 2 ta komplekt zanjirli maxsus ishlab-chiqarish texnologik transport vositalarini xarid qilish” loyihasi bo‘yicha o‘tkazilgan tender savdolari  g‘olibi deb topildi. Shuningdek, ООО НПО «Транспорт» korxonasi (Rossiya) esa zaxira ijrochisi deb belgilandi.