A
x up auto down

"RRTM" DUKda xashar tashkil etildi

 

Mamlakatimiz mustaqilligining yigirma sakkiz yilligi bayramini munosib nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish, korxona xodimlari orasida milliy qadriyatlarga xos bo‘lgan o‘zaro mehr-oqibat va hamjihatlikni yanada kuchaytirish, beg‘araz yordam, mehr-muruvvat kabi ezgu fazilatlarni yuksaltirish, korxona bino-inshootlari hududi va uning atrofini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, obyektlarning sanitariya holatini yaxshilash maqsadida, 2019 yil 17 avgust kuni  "RRTM" DUK xodimlari tomonidan xashar o'tkazildi. Vatanimiz gullab yashnashi yo’lida o’z hissalarini qo’shish maqsadida korxona xodimlari umumxalq hasharida hamjihatlikda faol qatnashishdi. Hasharda atrofni obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish ishlari olib borildi.  Bino va hududlar atrofi obodonlashtirildi, ariqlar chiqindilardan tozalandi va ozoda holga keltirildi. Daraxtlarni oqlash va shakl berish ishlari amalga oshirildi. "RRTM" DUK va uning hududiy filiallarida umumxalq hayriya hashari bayramona va ko'tarinki kayfiyatda tashkil etildi.