A
x up auto down

"RRTM" DUK va Toshkent Radioteleuzatish markaziga ISO 9001:2015 sifat menejmenti tizimi muvofiqlik sertifikatlari topshirildi

Bugun mamlakatimizda ko‘plab korxona va tashkilotlar xalqaro standartlar asosidagi sifat menejmenti tizimining sertifikatiga muvofiq faoliyat yuritmoqda. Bu sifat sohasida barqaror ko‘rsatkichlarga erishish, xodimlar malakasini yuqori darajada saqlash, raqobatbardosh, eksportbop mahsulot va xizmatlarni ko‘paytirishga yordam bermoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 22 iyulda qabul qilingan «Korxonalarda xalqaro standartlarga muvofiq bo‘lgan sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida» va 2009 yil 19 iyundagi «Respublika korxonalarida xalqaro standartlarga muvofiq bo‘lgan sifatni boshqarish tizimlarini joriy etishni kengaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorlari sifat menejmenti tizimini barcha hududlarda keng joriy etish uchun asos bo‘lib xizmat qilmoqda.

Bugungi kunda muvaffaqiyatning sharti faoliyatda menejmentning samarali tizimlarini joriy etish, ularga muvofiqlik sertifikatlari esa tashkilot va korxonalar uchun iste’molchilar tomonidan ishonchning asosiy omillaridan biri, tender va tanlovlarda ishtirok etish, xorijiy hamkorlar bilan hamkorlikning zarur sharti hisoblanadi.

"RRTM" DUKda ham ISO 9001:2015 xalqaro sifat menejmenti tizimi joriy etilib, bugungi kunda korxonada xalqaro standartlar asosida faoliyat yuritib kelinmoqda. Joriy yilning 23-24 oktyabr kunlari "RRTM" DUK markaziy apparati va Toshkent Radioteleuzatish markazi faoliyati xalqaro sifat menejmenti tizimi talablari bo'yicha "CERT INTERNATIONAL" kompaniyasi mutaxassislari tomonidan kengaytirilgan nazorat audit tekshiruvi o'tkazildi. Tekshiruv natijalariga ko'ra, korxona faoliyati xalqaro standartlar talablariga muvofiq deb topilgan hamda muvofiqlik sertifikatlari topshirildi.

Korxonada sifat menejmenti tizimlarining joriy etilishi va taqdim etilgan muvofiqlik sertifikatlari ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati, ishonchliligi va raqobatbardoshligini ta’minlash, xalqaro standartlarga mos keluvchi xizmatlarni ko‘rsatish, shu asosda hamkor va iste’molchilarning qanoatlanishini ta’minlash, natijada xizmat ko‘rsatish bozorlarini kengaytirish, iqtisodiy samaradorlikka erishish, texnik va texnologik jarayonlarning xavfsizligi va ishonchliligini ta’minlash orqali xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratishga xizmat qiladi.