A
x up auto down

"RRTM" DUK mehnat faxriylari kengashi tashkil etildi

Korxonada turli bayram, tadbirlar arafasida korxonada uzoq yillar samarali mehnat qilgan faxriylar taklif etilib, ehson dasturxonlari yoziladi, uch avlod uchrashuvlari va davra suxbatlari muntazam tashkil etib kelinadi, ularga mehr-muruvvat ko'rsatib kelinadi. Korxonafa ushbu ishlarni davom ettirish, mehnat faxriylarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, yosh avlodda vatanparvarlik tuyg‘ularini paydo qilish, faxriylarning korxona ijtimoiy hayotidagi o‘rnini oshirish maqsadida, “RRTM” DUK mehnat faxriylari kengashi” tuzildi. Joriy yilning 5 noyabr kuni Kengashning dastlabki yig‘ilishi bo'lib o'tdi. Ushbu yig‘ilishda “RRTM” DUKda uzoq yillardan buyon mehnat qilib kelayotgan tajribali va jamoada hurmat-e'tiborga ega bo'lgan xodim B. Abidov Kengash raisi etib tayinlangan. Faxriylar kengashi mazkur yig‘ilishi bilan o‘z faoliyatini boshladi. Yig'ilishda faxriylar o'zlarining iliq va samimiy fikr mulohazalarini bildirib o'tishgan hamda kelgusi rejalarni muhokama qilishgan.