A
x up auto down

SHAHRISABZ SHAHRINING DIQQATGA SAZOVOR JOYLARIGA SAYOHAT UYUSHTIRILDI

Bugungi kunda mamlakatimizda turizm infratuzilmasini rivojlantirishga katta ahamiyat berib kelinmoqda hamda ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 fevraldagi "Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta'minlash chora-tadbirlari" to'g'risidagi PQ-3514-sonli Qarori ushbu yo'nalishda amalga oshiradigan vazifalarni belgilab bergan edi. Jumladan, korxona va tashkilotlarga jamoaviy shartnomalarga rag'batlantirish chorasi sifatida o'z xodimlarini har yili oilaviy va jamoaviy dam olishlarga (ichki turizmga) yuborishni tashkil etish vazifalari belgilab berilgandi.

“RRTM” DUK rahbariyati, Kasaba uyushmasi qo‘mitasi va Yoshlar ittifoqining korxonadagi boshlang‘ich tashkiloti tashabbusi bilan respublikamiz hududida joylashgan diqqatga sazovor joylarga sayyohatlarni uyushtirish masalasiga katta e’tibor qaratilib, xodimlar sayohatlari muntazam tashkil etib kelinmoqda. Korxonada mehnat qilayotgan xodimlarning madaniy xordiq chiqarishlarini, dam olish kunlarini mazmunli tashkil etish maqsadida joriy yilning 27-28 oktyabr kunlari Qashqadaryo viloyatida joylashgan Shahrisabz shahrining diqqatga sazovor joylariga sayohat uyushtirildi.

Sayoxat davomida xodimlar Shahrisabz shahrida Mustaqillik davrida bunyod etilgan bunyodkorliklar hamda buyuk sarkarda Amir Temur davrida barpo etilgan Doril ut Tilovat va Doril ut Saodat madrasalarini hamda qator tarixiy obidalar ziyorat qildilar. Amir Temurning ustozlari shayx Shamsiddin Kulolning qabrlari oldida sayohatchilar o‘tgan ota-bobolarimiz ruhi poklariga  Qur’on tilovat qildilar. Ishchi-xodimlar  muhtasham Oq Saroy xiyoboni va Amir Temur haykallarini aylanib, madaniy xordiq chiqardilar.

Xodimlar ushbu sayohatda tarixiy obidalarni ziyorat qilish bilan birga, ularning tarixi, milliy va madaniy qadriyatlar to'g'risidagi ma'lumotlarni ham olib qaytishdi. Ushbu sayohat barchada katta taasurotlar qoldirdi.