A
x up auto down

Diqqat e'lon! Toshkent teleminorasiga zamonaviy tungi yoritish chiroqlarini o'rnatish va unga zamonaviy qiyofa berish bo'yicha takliflar olinadi

"Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi" DUK ("RRTM" DUK) Toshkent teleminorasiga tungi yoritish chiroqlarini o'rnatish va unga zamonaviy qiyofa berish ishlarini amalga oshirish uchun takliflar qabul qilinishini e'lon qiladi. Mazkur ishlarni bajarish istagida bo'lgan yurtimizda faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar o'z tijorat takliflarini "RRTM" DUKga taqdim etishlari mumkin. Taqdim etilgan barcha takliflar yig'ilib o'rganib chiqiladi hamda ular orasidan eng yaxshisi tanlab olinadi. Takliflar tayyorlanayotganda, Toshkent teleminorasini tungi yoritish tizimining elektr energiya iste'mol quvvati 100 kVt/soat dan oshib ketmasligi inobatga olinishi lozim. 

Murojaat etish uchun:

Manzil: 100202, Toshkent shahri, A.Temur ko'chasi, 109-"A"-uy,

Tел: (71) 202-35-40, 234-67-91, 235-65-16 fax: (71) 234-45-17

Mobil tel: +998 97 721-71-77
E-mail: smts@crrt.uz, qabulhona@crrt.uz