A
x up auto down

Uztoz va murabbiylar kuni munosabati bilan mehnat faxriylari bilan uchrashuv tashkil etildi

“RRTM” DUKda bayram, tadbirlar arafasida korxonamizda uzoq yillar samarali mehnat qilgan faxriylarimizni taklif, etib davra suxbatlari tashkil etiladi. Ushbu an’anani davom ettirgan holda “1-oktabr – Ustoz va murabbiylar kuni” munosabati bilan 2018 yilning 27 sentabr kuni sohada uzoq yillar samarali faoliyat yuritgan mehnat faxriylari bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvga Kadirova Umida Asrarovna, Atamuxamedov Maxamadnozim Bakidjanovich, Usmanov Karim Raximovich, Alimova Mavjuda Sultanovna, Abidov Basit Kazimovich, Qayumov Asror Raxmatovichlar taklif etildi.

Uchrashuvda uch avlod vakillari jam bo‘lishdi. Mazkur yig‘ilish davra suxbati ko‘rinishida o‘tkazildi. Davra suhbati ochiq, samimiy ruhda, o‘zaro muloqot ko‘rinishida bo‘lib o‘tdi. Tadbirga tashrif buyurgan mehnat faxriylari o‘zlarining mehnat faoliyatlari, o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashishdi, yosh xodimlar uchun o‘z tavsiya va maslahatlarini berib o‘tishdi.

Uchrashuv so‘ngida faxriylarga esdalik sovg‘alari topshirildi. O‘tkazilgan ushbu davra suxbati ishtirokchilar uchun foydali va mazmunli bo‘ldi.