A
x up auto down

Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyiga ekskursiya uyushtirildi

“RRTM” DUK rahbariyati, Kasaba uyushmasi qo‘mitasi va Yoshlar ittifoqining korxonadagi boshlang‘ich tashkiloti tashabbusi bilan korxona xodimlarida buyuk bobolarimizni yod etish, ularning ibratli hayoti va faoliyati, ilmiy ijodiy merosini chuqur o‘rganish yoshlarimiz qalbida ajdodlarimiz ruhiga ehtirom, tuyg‘ularini uyg‘otish maqsadida, 2018 yilning 26 sentyabr kuni kuni “Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi”ga ekskursiya uyushtirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi o‘zbek xalq og‘zaki ijodi durdonalari, yozma adabiyotining eng qadimgi davridan shu kungacha bo‘lgan tarixiy taraqqiyot bosqichlarini chuqur tadqiq qilish va uni turli ekspozitsiyalar ko‘rinishida targ‘ib qilish orqali xalqimiz, avvalambor, yoshlarimizning madaniy-ma’rifiy saviyasini yuksaltirishga xizmat qiladigan ilmiy muassasa hisoblanadi.

Muzeyda buyuk shoir va mutafakkir, so‘z mulkining sultoni bo‘lmish A. Navoiy hayoti va ijodiga oid ko‘rgazmali materiallar, eksponatlar joylashtirilgan. Ular “RRTM” DUK yosh xodimlarida katta taassurot qoldirdi. Bu muzey xalqimiz hayotida, ayniqsa yoshlar ma’naviy dunyoqarashini shakllantirish, ularda ajdodlariga nisbatan mehr, iftixor tuyg‘ularini shakllantirishga xizmat qiladi. Muzeydan olingan taassurot, bilimlar kishiga estetik hamda ma’naviy zavq bag‘ishlaydi.