A
x up auto down

TATU bilan hamkorlikda dizel generatorlarga texnik xizmat ko‘rsatish mavzusida o‘quv kursi tashkil etildi

“RRTM” DUK “O‘quv markazi” va Muxammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot texnologiyalari universitetining (TATU) amaliyot xonalarida joriy yilning 17-21 sentyabr kunlarida “RRTM” DUK markaziy apparati va xududiy Radioteleuzatish markazlaridan taklif etilgan 16 nafar texnik xodimlar uchun “Dizel generatorlarni ekspluatatsiya qilish va ularga texnik xizmat ko‘rsatish” mavzusida o‘quv kursi tashkillashtirildi.

Dizel generatorlar elektr tarmog'ida uzilishlar bo'lgan vaqtlarda texnik qurilmalarni uzluksiz ishlashini ta'minlab beradi. Bu esa tele va radiodasturlarni aholiga uzluksiz uzatib berish imkonini beradi. Ushbu qurilmalarga xizmat ko'rsatish muhim yo'nalishlardan bo'lganligi bois, shu mavzuda o'quv kursi tashkil etishga qaror qilindi.

Ushbu o‘quv kursida “RRTM” DUK mutaxassislari va TATUning Energiya ta’minlash tizimlari kafedrasi o‘qituvchilari nazariy va amaliy darslar o'tdilar. Shu bilan birga mavzu bo‘yicha amaliyot darslari Toshkent teleminorasi xududidagi dizel-generator joylashgan maydonda va TATUning amaliyot xonalarida bo‘lib o‘tdi. O'quv kursida olingan ko'nikma va bilimlar texnik xodimlarning kelgusi faoliyatlarida xizmat qiladi.