A
x up auto down

O'quv markazida ISO 9001:2015 xalqaro sifat menejmenti tizimi bo'yicha o'quv-treningi tashkil etildi

Bugun mamlakatimizda ko‘plab korxona va tashkilotlar xalqaro standartlar asosidagi sifat menejmenti tizimining sertifikatiga muvofiq faoliyat yuritmoqda. Bu sifat sohasida barqaror ko‘rsatkichlarga erishish, xodimlar malakasini yuqori darajada saqlash, raqobatbardosh, eksportbop mahsulot va xizmatlarni ko‘paytirishga yordam bermoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 22 iyulda qabul qilingan «Korxonalarda xalqaro standartlarga muvofiq bo‘lgan sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida» va 2009 yil 19 iyundagi «Respublika korxonalarida xalqaro standartlarga muvofiq bo‘lgan sifatni boshqarish tizimlarini joriy etishni kengaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorlari sifat menejmenti tizimini barcha hududlarda keng joriy etish uchun asos bo‘lib xizmat qilmoqda.

Bugungi kunda muvaffaqiyatning sharti faoliyatda menejmentning samarali tizimlarini joriy etish, ularga muvofiqlik sertifikatlari esa tashkilot va korxonalar uchun iste’molchilar tomonidan ishonchning asosiy omillaridan biri, tender va tanlovlarda ishtirok etish, xorijiy hamkorlar bilan hamkorlikning zarur sharti hisoblanadi.

Korxonalarda sifat menejmenti tizimlarining joriy etilishi ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati, ishonchliligi va raqobatbardoshligini ta’minlash, xalqaro standartlarga mos keluvchi xizmatlarni ko‘rsatish, shu asosda hamkor va iste’molchilarning qanoatlanishini ta’minlash, natijada xizmat ko‘rsatish bozorlarini kengaytirish, iqtisodiy samaradorlikka erishish, texnik va texnologik jarayonlarning xavfsizligi va ishonchliligini ta’minlash orqali xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratishga xizmat qiladi.

ISO 9001:2015 xalqaro sifat menejmenti tizimini  joriy etish, korxonadagi ish sifatini nazorat qilish va oshirishda xalqaro standartning o‘rni va boshqaruvda xalqaro standartning axamiyati bo'yicha "RRTM" O'quv markazida o'quv kursi tashkil etildi. O'quv kursi "CERT ACADEMY GROUP" kompaniyasi mutaxassisi tomonidan prezentatsion, kichik test sinovlari va metodik so‘rovnomalar asosida tinglovchilar uchun ma’ruzalar o‘tildi. 

Kurs yakunida tinglovchilar bilan o‘tilgan amaliy mashg‘ulotlar bo‘yicha tegishli test sinovi o‘tkazildi va tinglovchilar tomonidan qiziqtirilgan savollarga mutaxassis tomonidan nazariy va amaliy ko‘rinishda atroflicha javoblar berildi.