A
x up auto down

Test imtixonlarini jonli efirda uzatib berish yo'lga qo'yildi

2019 yil 29 iyuldan 10 avgustgacha Davlat test markazi va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Oliygohlarga kirish test sinovlarini to`g`ridan- to`g`ri efirga uzatishni tashkil etmoqda.
 
To`g`ridan-to`g`ri efir test sinovlari o`tkaziladigan auditoriyalarda joylashgan kameralar orqali amalga oshiriladi. Ushbu jarayonni tomosha qilish uchun televizoringizda Viasat Explorer telekanalini sozlash zarur.
 
Test sinovlari jarayonini adolatli, xolis va shaffof o`tishini ta`minlash maqsadida Viasat Explorer telekanali yurtimiz aholisi uchun ochiq tarzda efirga uzatiladi.
 
Telekanalni sozlash uchun yo`riqnoma:
Sozlash menyusidan “Qo`lda qidirish” (Ручной поиск)  bo`limini tanlang.
So`ngra, o`z yashash hududingizga mos TVK raqamini kiriting va qidiruvni bosing, (chastota avtomat ravishda o`zgaradi)

Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi aholi “Qo`lda qidirish” (Ручной поиск) dan 29 TVKni tanlab qiduruvga berib, topilgan telekanallar orasidan Viasat Explorer telekanali o'rnida DTM telekanalini tomosha qilishlari mumkin.