A
x up auto down

"RRTM" DUKda yosh xodimlar ishtirokida davra suxbati tashkil etildi

O'zbekiston Respublikasi "Yoshlar -kelajagimiz" davlat dasturi ijrosini ta'minlash maqsadida,  "Yoshlar ittifoqi"ning  "RRTM" DUKdagi boshlang'ich tashkiloti va yosh xodimlar ishtirokida davra suxbati tashkil etildi. Davra suxbati mobaynida mamlakatimizda Yoshlarga oid davlat siyosati ijrosi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ulkan ishlar ta'kidlanib,  "RRTM" DUKda ham xodimlarga, ayniqsa yosh xodimlarga yaratib berilayotgan imkoniyatlar, ish joylaridagi qulay shart-sharoitlar, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga berilayotgan e’tibor qayd etib o'tildi. Yig'ilishda korxona yoshlari o'zlarini qiynayotgan muammolar, ish faoliyatlarida yanada qulay shart-sharoitlar yaratish bo'yicha taklif va istaklarini erkin bildirib o'tishdi. Ushbu davra suxbati ochiq va samimiy ruhda bo'lib o'tdi. Yig'ilishda qayd etilgan muammo va takliflar o'rganib chiqilib, hal etish choralari ko'rilishi ta'kidlanib, hal etilishi kerak bo'lgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.