A
x up auto down

"RRTM" DUKning bir guruh xodimlari Issiqko'lda hordiq chiqarib qaytishdi

"RRTM" DUK rahbariyati va Kasaba uyushmasi qo'mitasi tashsabbusi bilan Korxona xodimlarining yoz mavsumida maroqli hordiq chiqarishlarini tashkil etish maqsadida, turistik firma bilan hamkorlikda bir guruh xodimlar Qirg'iziston Respublikasining Issiqko'l bo'yidagi pansionatlariga dam olish uchun yuborildi. 34 kishidan iborat guruh Issiqko'l bo'yida joylashgan "AK Danis" pansionatida bir hafta davomida maroqli hordiq chiqarib qaytishdi. Pansionatda ko'l bo'yidagi plyaj maydoni, ko'rkam va yaxshi jihozlangan turar-joy binolari, sport maydonchalari, ovqatlanish kafelari kun-u tun  tashrif buyuruvchilarning ixtiyorida. Hudud nafaqat tiniq ko'li bilan, balki toza havosi, tog' va daraxtlari, o'ziga hos tabiati  bilan xodimlarda katta taasurotlar qoldirdi. Issiqko'lda xodimlar cho'milishdan tashqari, kemada sayohat qilib, ko'lning go'zalligidan bahramand bo'lishdi. Pansionatdan hududning e'tiborga loyiq maskanlariga ekskursiyalar uyushtirishdi. Ushbu sayohat va olingan hordiq xodimlarning kelgusi mehnat faoliyatlarida samaradorlik va unumdorlikni yanada oshirishga, yangi marralarni zabt etishga ruhlantirishi shubhasiz.