A
x up auto down

2018 yil 15 iyuldan Toshkent shahrida analog teleeshittirishlar efiri to'liq to'xtatiladi

2017 yilning 17 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Raqamli teleeshittirishlarga o‘tish va yer usti analog teleeshittirishlarni to‘xtatishga doir  chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi  502-son qarori qabul qilingan. qarorda O‘zbekiston Respublikasida yer usti analog teleeshittirishlarni bosqichma-bosqich to‘xtatish jadvali  tasdiqlangan bo‘lib unga ko‘ra, kelgusi yilning 15 yanvaridan boshlab to 5 dekabriga qadar butun respublika bo‘ylab analog formatdagi barcha teleeshittirishlar to‘xtatilishi belgilangan.

Shu munosabat bilan, Toshkent shahri va viloyati  aholisiga Toshkent teleminorasida o'rnatilgan analog uzatkichlar orqali analog formatida tarqatib kelingan "O'zbekiston", "Yoshlar", "Sport" va "Toshkent" telekanallari dasturlari efiri 2018 yil 15 iyuldan boshlab to'liq to'xtatildi. Analog teledasturlar efiri to'xtatilgandan so'ng, ushbu teledasturlarni faqatgina raqamli formatda ko'rish imkoni mavjud. Raqamli teledasturlarni ko'rish uchun eski rusumdagi televizorlarga raqamli tyuner qurilmasini ulash talab etiladi. Zamonaviy televizorlarda esa qo'shimcha qurilmalarni ulash talab etilmaydi.

Ma'lumot uchun, joriy yilning 15 yanvaridan Andijon, Farg'ona, Namangan va Toshkent viloyatlari, 15 apreldan Sirdaryo viloyati, 15 maydan Jizzax viloyati, 1 iyundan Samarqand viloyati, 15 iyundan Buxoro va Navoiy viloyatlari, 1 iyuldan Xorazm viloyatida efir orqali uzatilayotgan analog formatdagi teledasturlar efiri to'liq to'xtatilgandi.