A
x up auto down

Sun'iy yo'ldosh aloqa xizmatlarini ko'rsatuvchi "SES" kompaniyasi mutaxassislari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi

2018 yilning 20 iyun kuni O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Vazirlik va "RRTM" DUK vakillari ishtirokida Sun'iy yo'ldosh aloqa xizmatlarini ko'rsatuvchi "SES" kompaniyasi mutaxassislari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuvda "SES" kompaniyasining Savdo bo'yicha menedjeri Boris Moskaliouk va MDH davlatlari va Ukrainada biznesni rivojlantirish bo'yicha vitse-prezidenti Onno Zonneveld ishtirok etishdi.

Uchrashuvda o'zaro hamkorlikni kengaytirish va rivojlantirish istiqbollari, raqamli televideniye dasturlarini sun'iy yo'ldosh aloqa tarmog'i orqali uzatish masalalari atroflicha ko'rib chiqildi. Kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar bo'yicha fikr almashildi. Shuningdek, "SES" kompaniyasining sun'iy yo'ldosh aloqa tarmog'i orqali Respublikamizning tog'li va borish qiyin bo'lgan aholi punktlariga nodavlat teleradiokompaniyalarning teledasturlarini uzatib berish hamda ma'lumotlar uzatish (internet) xizmatlarini ko'rsatish masalalari muhokama etildi.

Ma'lumot uchun, bugungi kunda "SES" kompaniyasining NSS-12 nomli sun'iy yo'ldoshi aloqa tarmog'i orqali Respublikamiz hududiga hamda 40 dan ortiq chet el mamlakatlari hududiga O'zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 12 ta telekanal va 4 ta radiodasturlarini uzatib berilishi yo'lga qo'yilgan.