A
x up auto down

"RRTM" DUK xodimlari Zangi ota majmuasiga tashrif buyurishdi

“RRTM” DUK rahbariyati, Kasaba uyushmasi qo‘mitasi va Yoshlar ittifoqining korxonadagi boshlang‘ich tashkiloti tashabbusi bilan respublikamiz hududida joylashgan diqqatga sazovor qadamjolarga sayyohatlarni uyushtirish masalasiga katta e’tibor qaratilib, xodimlar sayyohatlari muntazam tashkil etib kelinmoqda.

Joriy yilning 11-12 iyun kunlari “RRTM” DUK xodimlari Toshkent viloyati hudududa joylashgan Zangi ota majmuasiga tashrif buyurishdi.

Nafaqat yurtimiz, balki butun Markaziy Osiyodagi ziyoratchilarni o‘ziga jalb etib kelayotgan Zangi ota majmuasi ona-zaminimizdagi noyob tarixiy me’moriy, madaniy-ma’rifiy qadamjolardandir. Bu dargohga bevosita tashrif buyurish, u yerdagi obida-yu yodgorliklarning asl mohiyatini dildan his qilish chin ma’noda o‘zlikni anglashga imkon beradi.

Korxona xodimlari ham ushbu muqaddas qadamjoni ziyorat qilishdi. Zangi ota majmuasiga tashrif xodimlarda katta taassurot qoldirdi.