A
x up auto down

Soha korxonalari o'rtasida o'tkazilgan mini futbol bo'yicha Toshkent shahar bosqichi "O'tish" turnirida "RRTM" DUK jamoasi munosib qatnashdi

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasi qo'mitasi Respublika kengashi tashabbusi bilan, Aloqa va axborotlashtirish sohasidagi korxona, tashkilot va muassasalarda faoliyat yuritayotgan xodimlar o‘rtasida turli xil sport musobaqalarini o‘tkazish sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanishlari uchun yaratilgan sharoitlardan oqilona foydalanish, jismoniy tarbiya va sportni soha xodimlarining kundalik turmush tarziga aylantirish hamda yanada ommalashtirish maqsadida, joriy yilning 10-15 may kunlari mini futbol bo‘yicha Toshkent shahar bosqichi “O‘tish” turniri tashkil etildi.

«А» guruhi

«В» guruhi

«С» guruhi

«D» guruhi

EMMM DUK

ALCKOM

“O'zbekiston pochtasi" AJ

MTRK

“O'zbektelekom” АК

Matbuot tarqatuvchi

"RRTM" DUK

UMS

Uzmobile

Toshkent Pochtamt

INHA

Inspeksiya

Monitoring markazi

Uzinfocom

TBM

Vazirlik

 

Turnida "RRTM" DUK terma jamoasi ham ishtirok etdi. Korxona jamoasi "O'zbekiston pochtasi" AJ, "O'zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish respublika markazi" DUK va Inxa universiteti joy olgan guruhda ishtirok etib, guruhdan chiqishga muvaffaq bo'lishdi. "RRTM" DUK terma jamoasi o'z yurishini chorak finalda to'xtatdi. Jamoa turnirda munosib qatnashib, barcha raqiblari darvozasini ishg'ol etishga muvaffaq bo'ldi. Turnir yakunida korxona jamoasi "O'tish" turnirining "Eng shiddatli jamoa" nominatsiyasi bilan taqdirlandi va esdalik sovg'alari topshirildi.