A
x up auto down

Jizzax viloyatida analog teleeshittirishlar efiri to'liq to'xtatildi

2017 yilning 17 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Raqamli teleeshittirishlarga o‘tish va yer usti analog teleeshittirishlarni to‘xtatishga doir  chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 502-son qarori qabul qilingan. qarorda O‘zbekiston Respublikasida yer usti analog teleeshittirishlarni bosqichma-bosqich to‘xtatish jadvali  tasdiqlangan bo‘lib unga ko‘ra, kelgusi yilning 15 yanvaridan boshlab to 5 dekabriga qadar butun respublika bo‘ylab analog formatdagi barcha teleeshittirishlar to‘xtatilishi belgilangan.

Shu munosabat bilan, Jizzax viloyati aholisiga analog formatida tarqatib kelingan "O'zbekiston", "Yoshlar", "Sport" va "Jizzax" telekanallari dasturlari efiri 15 maydan boshlab to'xtatildi. Endilikda ushbu teledasturlarni faqatgina raqamli formatda ko'rish imkoni mavjud. Raqamli teledasturlarni ko'rish uchun eski rusumdagi televizorlarga raqamli tyuner qurilmasini ulash talab etiladi. Zamonaviy televizorlarda esa qo'shimcha qurilmalarni ulash talab etilmaydi.

Ma'lumot uchun, joriy yilning 15 yanvaridan Andijon, Farg'ona, Namangan va Toshkent viloyatlari, 15 apreldan Sirdaryo viloyatida efir orqali uzatilayotgan analog formatdagi teledasturlar efiri to'liq to'xtatilgandi.