A
x up auto down

E’LON: IKKINCHI JAHON URUSHI FAXRIYLARI VA ULARGA HAMROHLIK QILUVCHI SHAXSLAR TOSHKENT TELEMINORASIGA BEPUL EKSKURSIYA UYUSHTIRISHLARI MUMKIN

“9 may – Xotira va kadrlash kuni” munosabati bilan xalkimizning ezgu fazilatlari yanada yorqin namoyon bo‘ladi. Bugungi tinch va osoyishta hayotimiz uchun kurashgan insonlar jasorati bekiyosdir. Ana shu voqealar, kechgan og‘ir kunlar yodi bugun nafaqat urush qatnashchilari, balki butun avlodlar xotirasidan hali xamon o‘chgani yo‘q.
Shu o‘rinda Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lgan minglab yurtdoshlarimiz xotirasini yod etish, olovli janggohlardan omon qaytgan bobolarimizga, og‘ir kunlarni sabr-bardosh bilan yenggan, mashaqqatli daqiqalarda ham o‘zligini yo‘qotmagan, imoni butun yurtdoshlarimizga hurmat-ehtirom ko‘rsatish tom ma’noda milliy qadriyatga aylandi. Bu hol yoshlarni vatanparvarlik, mehnatsevarlik, ajdodlarining eng yaxshi an’analaridan faxrlanish, ularga munosib vorislar bo‘lish ruhida tarbiyalashda beqiyos ahamiyatga ega.
Ushbu ayyom munosabati bilan, yurtimizning barcha hududlarida Ikkinchi jahon urushining har bir qatnashchisi, front orti mehnat faxriylari holidan xabar olinmoqda, ularga hurmat-ehtirom ko‘rsatilmoqda.

"Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi" davlat unitar korxonasi "9-may umumxalq bayrami - Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan, Ikkinchi jaxon urushi faxriylariga hurmat-ehtirom ko‘rsatish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida,  barcha Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, front orti mehnat faxriylari va ularga hamrohlik qiluvchi shaxslarga Toshkent teleminorasiga kirish va ekskursiya tashkil etish bepul tarzda amalga oshirilishini ma’lum qiladi.