A
x up auto down

“RRTM” DUK O'quv markazida raqamli uzatkichlarni ekspluatatsiya qilish mavzusida o'quv kursi tashkil etildi

“RRTM” DUK texnik mutaxassislari malakasini oshirish maqsadida Toshkent radioteleuzatish markazi tarkibidagi O‘quv markazida 2019 yilning 19-22 avgust kunlari "NEC va Rohde & Schwarz raqamli uzatkichlarni ekspluatatsiya qilish" mavzusida o‘quv kursi tashkillashtirildi. O‘quv kursiga “RRTM” DUKning barcha hududiy Radioteleuzatish markazlaridan texnik xodimlar jalb etildi.

Tinglovchilar 5 kunlik o‘quv kursi jarayonida "O'zbekiston Respublikasi er usti raqamli televideniye tarmog'ini rivojlantirish" investitsiya loyihasi doirasida keltirilib o'rnatilgan raqamli teleuzatkichlar va texnik qurilmalarni to'g'ri ekspluatatsiya qilish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini yanada oshirishdi. O‘quv mashg‘ulotlari “RRTM” DUK markaziy apparati va Toshkent RTUMning tajribali mutaxassislari tomonidan nazariy va amaliy shaklda olib borildi va dars jarayonlari turli ko‘rgazmali va multimedia vositalari yordamida o‘tkazildi.

O'quv mashg'ulotlari yakunida belgilangan tartibda tinglovchilardan yakunit test xulosalari olinib, maxsus sertifikatlar topshirildi.

Ushbu tashkil etilgan o‘quv kursida olingan ma’lumotlar mutaxassislarning mazkur yo‘nalishlardagi bilim ko‘nikmalarini yanada mustahkamlashga va kelgusi faoliyatlarida foydalanishlari uchun xizmat qiladi.