A
x up auto down

Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni munosabati bilan o'tkazilgan davra suhbatida "RRTM" DUK vakillari ishtirok etishdi


2018 yil 27 aprel kuni O'zbekiston Axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan  “Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni”ga bag‘ishlangan “Mehnat muhofazasi: Yosh xodimlarni qo‘llab-quvvatlaymiz” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda “RRTM” DUK Kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi I. Abdullayev va Korxona Mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi xizmati boshlig‘i R. Xasanov ishtirok etishdi. Tadbirda I. Abdullayev ma’ruza qilib, korxona tomonidan xodimlarining ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy himoyasi, ularning mehnat sharoitlari muqobilligi va xavfsizligi, sog‘lomlashtirilishi, ishlab chiqarish madaniyatini yuksaltirishni ta'minlashga qaratilgan amalga oshirilayotgan ishlar, bunga berilayotgan e’tibor va qo'lga kiritilgan yutuqlar to‘g‘risida yig‘ilganlarga ma’lumot berib o‘tdi. Shuningdek, I. Abdullayev o‘z ma’ruzasi davomida yosh xodimlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga xavfsiz va qulay mehnat sharoitlarini yaratish, bilim va kasb malakalarini oshirish uchun nimalarga ahamiyat qaratish lozimligi va Kasaba uyushmalarining oldidagi bajarilishi lozim bo‘lgan dolzarb masalalarga to‘xtalib, bu bo‘yicha o‘z tavsiyalari, fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi.

Davra suhbatida mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha huquqiy asoslarni yanada takomillashtirish, ishlab chiqarish korxonalarida ishchi-xodimlarni ijtimoiy muhofaza qilishni kuchaytirish, mehnat xavfsizligini ta’minlash borasidagi ustuvor vazifalar xususida fikrlashildi.

Rasmlar 



                                                 Rasmlar "Xabar" gazetasidan olindi.