A
x up auto down

Qatag'on qurbonlari xotira muzeyiga ekskursiya uyushtirildi.

“RRTM” DUK rahbariyati, Kasaba uyushmasi qo‘mitasi va Yoshlar ittifoqining korxonadagi boshlang‘ich tashkiloti tashabbusi bilan korxona xodimlarida mustabid tuzum yillarida qatag‘onga uchragan vatandoshlarimiz xotirasini abadiylashtirish, ularning ibratli hayoti va faoliyati, ilmiy ijodiy merosini chuqur o‘rganish yoshlarimiz qalbida ajdodlarimiz ruhiga ehtirom, ijtimoiy adolat tantanasiga ishonch, istiqlol g‘oyalariga sadoqat, vatanparvarlik va fidoyilik tuyg‘ularini uyg‘otish maqsadida, 2018 yilning 20 aprel kuni “Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi”ga ekskursiya uyushtirildi.

Ma’lumki, tarix muzeylari xalq xotirasining ifodasi hisoblanadi. 1999 yili O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I. A. Karimov tashabbusi bilan Milliy mustaqillik, Vatan ravnaqi, yurt ozodligi uchun jonini fido qilgan el o‘g‘lonlarining qutlug‘ xotirasiga, mamlakatimizda qatag‘on qurbonlari xotirasini abadiylashtirish maqsadida poytaxtda muazzam xiyobon barpo etilgan. Qatag‘onlarni xotirlash va e’zozlash, xalq ozodligi yo‘lida qurbon bo‘lgan ajdodlarimizning porloq xotirasini tiklash maqsadida 2002 yil 31 avgust kuni “qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyi ochildi. 130 yil davom etgan mustamlakachilik yillarida Vatan va xalq ozodligi yo‘lida qurbon bo‘lgan ajdodlarimizning porloq xotirasi ana shu yodgorlikda o‘z abadiyatini topdi.

Xalqimizning milliy qadr-qimmati tiklanishiga, o‘zligini qaytadan namoyon etishga istiqlol yo‘l ochdi va biz ona Vatanimiz va xalqimiz tarixi bilan faxrlanish, O‘tgan ajdodlarimizning qutlug‘ xotirasini e’zozlashdek yuksak insoniy-ma’naviy imkoniyatlarga ega bo‘ldik.

Muzeyda istiqlol yillarida ma’naviy qadriyatlarimizni tiklash bo‘yicha olib borilgan kata va muhim ishlar alohida ekspozitsiyalarda aks etgan.

Muzey 7 bo‘limdan iborat. 1-bo‘lim - IX asr o‘rtalari va oxirlaridagi voqealarga bag‘ishlanadi. 2-bo‘lim - 20-yillardagi qatag‘on. 3-bo‘lim - “quloq”lashtirish davri.
4-bo‘lim - 30-yillardagi qatag‘on. 5-bo‘lim - 40-50-yillardagi qatag‘on. 6-bo‘lim -
80-yillardagi qatag‘on. 7-bo‘lim - Mustaqillik yillarida qatag‘onlarni xotirlash va e’zozlash. Har bir bo‘limda shu davrga oid hujjatlar, mahfiy qog‘ozlar, rasmlar, davr lavhalari va eksponatlar bor.

Muzey xodimlarining Vatanga muhabbat va cheksiz sadoqat, fidoyilik, O‘zbekiston xalqining qahramonona tarixi va boy ma’naviy merosidan faxrlanish tuyg‘ularini shakllantirishga qaratilgan suhbati hamda qatag‘on yillarini aks ettirgan eksponatlar “RRTM” DUK yosh xodimlarida katta taassurot qoldirdi. Bu muzey xalqimiz hayotida, ayniqsa yoshlar ma’naviy dunyoqarashini shakllantirish, ularda ajdodlariga nisbatan mehr, iftixor tuyg‘ularini shakllantirishga xizmat qiladi. Muzeydan olingan taassurot, bilimlar kishiga estetik hamda ma’naviy zavq bag‘ishlaydi.