A
x up auto down

Yoshlarda internet madaniyatini shakllantirish masalalariga bag'ishlangan ma'naviy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi

Axborot asri deb nom olgan asrimizda telekommunikatsiya tasavvur qilish qiyin darajada tez rivojlanmoqda. So‘nggi rusumdagi telefon, planshet, netbuk, noutbuk va kompyuterlar internet orqali bizga kerakli ma’lumot va yangiliklarni bir zumda aniqlashda beminnat xizmat qilmoqda.

Tanganing ikki tomoni bor deganlaridek, internet va yuqorida nomlari qayd etilgan texnologiyalarning, afsuski, salbiy tomonlari ham talaygina. Bugun bu texnologiyalar yoshu kattani birdek o‘ziga rom etgan. Ayrim yoshlarimiz bilim egallash, kasb-hunar o‘rganish o‘rniga bo‘sh vaqtlarining ko‘p qismini har xil kompyuter o‘yinlarini o‘ynash va internet klublarida o‘tkazishmoqda. Ularning ma’naviyati va dunyoqarashiga salbiy ta’sir ko‘rsatishga mo‘ljallangan axborot shaklidagi psixologik xurujlar va tahdidlarning soni ko‘payib borayotgan bir davrda yoshlar ongida g‘oyaviy immunitetni mustahkamlash, internet va telekommunikatsiya vositalaridan to‘g‘ri maqsadlarda foydalanishni singdirish bugungi kunimizning muhim masalalaridan biri bo‘lmoqda.

"RRTM" DUK markaziy boshqaruv apparati ishchi xodimlari ishtirokida o'tkaziladigan ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar rejasiga asosan,  2018 yilning 18 aprel kuni o'tkazilgan ma'naviyat-ma'rifat soati ham yoshlarda internet madaniyatini shakllantirish, axborot xavfsizligini ta'minlash masalalariga bag'ishlandi. Tadbir mavzusi yuzasidan korxonaning Axborot xavfsizligi va texnologiyalari xizmati xodimlari so'zga chiqib, prezentatsiya yordamida ishtirokchilarga foydali va qiziqarli ma'lumotlarni berib o'tishdi.
Tadbirda so'zga chiqqanlar tomonidan mamlakatimizda internetdan foydalanish borasida keng imkoniyatlar yaratilganligi, har bir shaxs undan erkin foydalanish imkoniyatiga ega ekanligi, biroq ayrim yoshlar internet axborotlaridan to‘g‘ri va o‘rinli foydalanish malakasiga ega emasligi, ana shuni hisobga olib, yoshlarning internet resurslaridan foydalanish holatini tahlil qilish, ularda axborot olish, tahlil etish madaniyatini yuksaltirish, navqiron avlodni salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi axborotlardan himoyalash, xavfsiz internet muhitini shakllantirish borasidagi ishlar samaradorligini oshirish, yoshlarni internet tarmog'idagi buzg'unchi g'oyalardan himoya qilish, ularda internet madaniyatini shakllantirish, mustaqil fikrlaydigan avlodni tarbiyalash dolzarb masala ekanligi ta'kidlab o'tildi.  

Тадбир доирасида глобаллашув ва маънавий таҳдидлар, ёшларда ахборот хуружига қарши иммунитетни мустаҳкамлашнинг муҳим омиллари юзасидан фикр алмашилди.