A
x up auto down

Bahoriy ayyomlar munosabati bilan bayram tadbiri uyushtirildi

"RRTM" DUKda bahor faslining go'zal ayyomlari munosabati bilan 2018 yilning 30 mart kuni bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbirda korxona xodimlari, sohada faoliyat yuritgan mehnat faxriylari, turli soha vakillari va san'atkorlar ishtirok etishdi. Bayram arafasida sumalak milliy taomi tayyorlanib,  bahoriy va milliy taomlar, turli noz-ne'matlar bilan birga bayram dasturxoniga tortildi. Tadbirda so'zga chiqqanlar yig‘ilganlarga samimiy tilaklarini bildirishdi. Tadbir mobaynida qiziqarli savol-javoblar o‘tkazildi hamda taklif etilgan san'atkorlar tomonidan kuylangan bahorni tarannum etuvchi qo‘shiqlar tinglandi. Bayram dasturxoni atrofida el-yurtimizga tinchlik-totuvlik, farovonlik, har bir xonadonga fayzu-baraka, baxtu-saodat, dasturxonimizga to’kin-sochinlik so‘rab, ezgu niyatlar qilindi.  Ushbu bayram tadbiri yig'ilganlarga bahoriy ko‘tarinkilik, o‘ziga xos ruhiy zavq bag‘ishlab, ular o‘rtasida hamjihatlik, birdamlik, mehr-oqibat, muruvvat kabi ezgu tuyg‘ular qaror topishiga xizmat qildi.