A
x up auto down

2018 yil 15 apreldan Sirdaryo viloyatida analog teleeshittirishlar efiri to'xtatiladi

2018 yilning 15 apreldan boshlab Sirdaryo viloyatida analog teleeshittirishlar efiri to'liq to'xtatiladi. Bu to'g'risida 2017 yilning 17 iyulda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  «Raqamli teleeshittirishlarga o‘tish va yer usti analog teleeshittirishlarni to‘xtatishga doir  chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 502-son qarorida belgilangan. Qarorda O‘zbekiston Respublikasida yer usti analog teleeshittirishlarni bosqichma-bosqich to‘xtatish jadvali  tasdiqlangan bo'lib, unga ko'ra, 2018 yilning 15 yanvaridan boshlab to 5 dekabriga qadar butun respublika bo‘ylab analog formatdagi barcha teleeshittirishlar to‘xtatiladi. 

Shu munosabat bilan, Sirdaryo viloyati aholisiga analog formatida tarqatib kelingan "O'zbekiston" , "Yoshlar", "Sport" va "Sirdaryo" telekanallari dasturlari 15 apreldan boshlab to'xtatiladi hamda ushbu teledasturlarni faqatgina raqamli formatda ko'rish mumkin bo'ladi. Raqamli teledasturlarni ko'rish uchun eski rusumdagi televizorlarga raqamli tyuner qurilmasini ulash talab etiladi. Zamonaviy televizorlarda esa qo'shimcha qurilmalarni ulash talab etilmaydi.

Ma'lumot uchun joriy yilning 15 yanvaridan Andijon, Farg'ona, Namangan va Toshkent viloyatlarida efir orqali uzatilayotgan analog formatdagi teledasturlar efiri to'liq to'xtatilgandi.

Qolgan hududlarda yer usti analog teleeshittirishlarni bosqichma-bosqich to‘xtatish muddatlari bilan quyidagi jadval orqali tanishishingiz mumkin: 

T/r Hudud nomi O'chirish muddati (o'zbek tilida) O'chirish muddati (rus tilida)

1.

Sirdaryo viloyati

2018 yil 15 apreldan Sirdaryo viloyatida efir orqali uzatilayotgan analog teleeshittirishlar to’liq to’xtatiladi.

С 15 апреля 2018 года планируется полное отключение эфирного аналогового телевещания в Сырдарьинской области.

2.

Jizzax viloyati

2018 yil 15 maydan Jizzax viloyatida efir orqali uzatilayotgan analog teleeshittirishlar to’liq to’xtatiladi.

С 15 мая 2018 года планируется полное отключение эфирного аналогового телевещания в Джизакской области.

3.

Samarqand viloyati

2018 yil 1 iyundan Samarqand viloyatida efir orqali uzatilayotgan analog teleeshittirishlar to’liq to’xtatiladi.

С 1 июня 2018 года планируется полное отключение эфирного аналогового телевещания в Самаркандской области.

4.

Buxoro viloyati

2018 yil 15 iyundan Buxoro viloyatida efir orqali uzatilayotgan analog teleeshittirishlar to’liq to’xtatiladi.

С 15 июня 2018 года планируется полное отключение эфирного аналогового телевещания в Бухарской области.

5.

Navoiy viloyati

2018 yil 15 iyundan Navoiy viloyatida efir orqali uzatilayotgan analog teleeshittirishlar to’liq to’xtatiladi.

С 15 июня 2018 года планируется полное отключение эфирного аналогового телевещания в Навоинской области.

6.

Xorazm viloyati

2018 yil 1 iyuldan Xorazm viloyatida efir orqali uzatilayotgan analog teleeshittirishlar to’liq to’xtatiladi.

С 1 июлья 2018 года планируется полное отключение эфирного аналогового телевещания в Хорезмской области.

7.

Toshkent shahri

2018 yil 15 iyuldan Toshkent shahrida efir orqali uzatilayotgan analog teleeshittirishlar to’xtatiladi.

С 15 июля 2018 года планируется полное отключение эфирного аналогового телевещания в город Ташкенте.

8.

Qoraqalpog'iston Res.

2018 yil 10 sentyabrdan Qoraqalpog’iston Respublikasida efir orqali uzatilayotgan analog teleeshittirishlar to’liq to’xtatiladi.

С 10 сентября 2018 года планируется полное отключение эфирного аналогового телевещания в Республики Каракалпакстан.

9.

Surxondaryo viloyati

2018 yil 5 noyabrdan Surxondaryo viloyatida efir orqali uzatilayotgan analog teleeshittirishlar to’liq to’xtatiladi.

С 5 ноября 2018 года планируется полное отключение эфирного аналогового телевещания в Сурхандарьинской области.

10.

Qashqadaryo viloyati

2018 yil 5 dekabrdan Toshkent shahrida efir orqali uzatilayotgan analog teleeshittirishlar to’liq to’xtatiladi.

С 5 декабря 2018 года планируется полное отключение эфирного аналогового телевещания в Кашкадарьинской  области.

 

Murojaat uchun joylarda tashkil etilgan telefon raqamlari:

Toshkent shahri va viloyati  — (371) 202-36-03

Andijon viloyati — (374) 237-90-38, 225-52-74

Farg'ona viloyati —   (373) 241-65-03

Namangan viloyati - (369) 423-10-44, 225-02-16

Sirdaryo viloyati  —   (95) 510-99-65

Jizzax viloyati  —    (95) 503-14-13

Samarqand viloyati  — (366) 223-14-13

Buxoro viloyati  —      (365) 224-45-64

Navoiy viloyati  — (436) 222-01-36

Qashqadaryo viloyati  — (375) 233-10-23

Surxondaryo viloyati  — (376) 223-12-83

Xorazm viloyati  —       (95) 602-11-06

Qoraqalpog'iston Respublikasi — (361) 226-52-84