A
x up auto down

"RRTM" DUKda "Navro'z" bayramiga bag'ishlangan hashar o'tkazildi.

Navro‘z umumxalq bayramini munosib nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish, xalqimiz orasida milliy qadriyatlarga xos bo‘lgan o‘zaro mehr-oqibat va hamjihatlikni yanada kuchaytirish, beg‘araz yordam, mehr-muruvvat kabi ezgu fazilatlarni yuksaltirish, mahallalar, aholi turar joylarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, respublikaning barcha hududlarida sanitariya holatini yaxshilash maqsadida, 2018 yil mart-aprel oylarida mamlakatimizning barcha hududlarida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish oyligi hamda 18-19 mart kunlari umumxalq xayriya hashari o'tkazilishi belgilanganligi munosabati bilan "RRTM" DUK xodimlari tomonidan xashar o'tkazildi. Vatanimiz gullab yashnashi yo’lida o’z hissalarini qo’shish maqsadida korxona xodimlari “Navro’z” bayramiga bag’ishlangan hasharda faol qatnashishdi. Hasharda atrofni obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish ishlari olib borildi.