A
x up auto down

"RRTM" DUK xodimlari mehnat muhofazasi bo'yicha o'tkazilgan ko'rik tanlovda faxrli diplomlar bilan taqdirlanishdi

     

Kasaba uyushmasi tashkilotlari tizimda faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy himoyasi, ularning mehnat va tahsil olish sharoitlari muqobilligi va xavfsizligi, sog‘lomlashtirilishi, ishlab chiqarish madaniyatini yuksaltirish, ish beruvchi tomonidan xodimlarga sog‘lom va xavfsiz mehnat sharoitlari yaratilishi, shuningdek mehnat muhofazasi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan jamoat nazoratini amalga oshirishda kasaba uyushmalarining faoliyatini samaradorligini oshirish maqsadida, O‘zbekiston ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi tomonidan “Mehnat muhofazasi bo‘yicha jamoat nazoratini eng yaxshi tashkil etish” bo'yicha ko‘rik tanlovning Toshkent shahar bosqichi o‘tkazildi. 

Ko'rik tanlovda "RRTM" DUK mutaxassislari ham faol ishtirok etib, yakunda "RRTM" DUK Mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi xizamati boshlig'i v.b. R.Xasanov Xodimlarga sog'lom va xavfsiz mehnat sharoitlari yaratish, xodimlarning mehnat muhofazasiga bo'lgan huquqlarini himoya qilishda eng faol ishtirok etgan "Mehnat muhofazasi bo'yicha yosh mutaxassis" nominatsiyasi bo'yicha 2-darajali diplom bilan, Toshkent Radioteleuzatish markazi Kasaba uyushmasi qo'mitasi raisi A.Po'latov "Eng yaxshi kasaba uyushma tashkiloti" nominatsiyasi bo'yicha 3-darajali diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi.

Bu qo'lga kiritilgan yutuqlar korxonada xodimlarining ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy himoyasi, ularning mehnat sharoitlari muqobilligi va xavfsizligi, sog‘lomlashtirilishi, ishlab chiqarish madaniyatini yuksaltirishni ta'minlashga berilayotgan katta e'tiborning e'tirofidir.