A
x up auto down

O’zbekiston Respublikasida analog teleeshittirishlar bosqichma-bosqich to’xtatiladi.

Ilgarilari uyimizdagi televizorlar juda kam holatlarda a’lo darajada ko’rsatardi. Ekrandagi tasvirlar jimirlashib, turli tashqi ta’sirlar kuzatilardi. Tasvir esa tez-tez yo’qolib qolardi.  Telekanallar soni ham 4-5 tadan ortmasdi. Ushbu analog formatidagi televideniye tizimi bugungi kunga kelib eskirib, ko’p tomonlari zamon talablariga javob bermay qoldi.

1
Analog televideniye

Analog televideniye
Analog televideniye


Analog televideniye

Yillar davomida televideniye rivojlanib, takomillashib bordi hamda raqamli televideniyening yaratilishi televideniyeni yangi bosqichga olib chiqdi. Bugungi kunda zamonaviy televideniya raqamli televideniya deb ataladi. Hozirgi zamon raqamli televideniyaning imkoniyatlari juda keng. Raqamli televideniyening afzalliklari bu juda oz vaqt oralig‘ida va kam sarf xarajat yo‘li bilan hududlarda tarqatilayotgan televizion dasturlar sonini keskin oshirish, elektr energiya iste’molini sarfini kamaytirish, radiochatota resursidan samarali foydalanish, televizion tasvir sifatini oshirish, yuqori aniqlikdagi televideniye imkoniyatlaridan foydalanish, interfaol xizmatlarni joriy qilishdan iborat.

Raqamli televideniyening analog televideniyedan farqi, bu avvalo tasvir sifatida ko‘zga yaqqol tashlanadi. Chunki tasvirni uzatish hamda qabul qilish jarayonida raqamli qayta ishlanishi yanada yuqori sifatga erishish imkonini beradi. Yangi shakldagi televideniyeda tashqi ta’sirlar sezilarli darajada kamayib, tasvirning ravshanligiga erishilgan. Tasvir va tovush g‘oyat tiniq, ranglar yorqin va tasvirda har bir detal aniq aks etadi.


Raqamli va analog televideniye

Raqamli televideniye
Raqamli televideniye


Raqamli televideniye

Raqamli televideniyening joriy qilinishi respublika bo‘ylab yanada ko‘proq teledasturlarni namoyish etish imkonini berdi. Raqamli televideniyening joriy etilishi natijasida Respublikada tarqatilayotgan teledasturlar sonini 12-18 tagacha yetkazish imkonini berdi. Analogli TVda esa bitta uzatkich bitta teledasturni uzatib berardi. Tabiyki, 12 ta teledasturni uzatish uchun 12ta uzatkich o‘rnatish kerak bo‘lardi. Bu esa radiochastota kanallari yetishmasligi sababli imkonsiz edi.

Analog teleeshittirishlarni to’xtatish. Joriy yil 17 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Raqamli teleeshittirishlarga o‘tish va yer usti analog teleeshittirishlarni to‘xtatishga doir  chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 502-son qarori qabul qilingan.

Qarorga muvofiq, 2017 yil oxirigacha Respublikaning  barcha aholi punktlarini raqamli teleeshittirishlar bilan to’liq 100% qamrab olinishini ta’minlash belgilangan.
Shuningdek, mazkur qarorda O‘zbekiston Respublikasida yer usti analog teleeshittirishlarni bosqichma-bosqich to‘xtatish jadvali   tasdiqlangan bo‘lib unga ko‘ra, kelgusi yilning 15 yanvaridan boshlab to 5 dekabriga qadar butun respublika bo‘ylab analog formatdagi barcha teleeshittirishlar to‘xtatiladi.

Qarorga ko‘ra, “Mahalla” xayriya jamoat fondini jalb etgan holda aholiga, shu jumladan aholining kam ta’minlangan qatlamlariga va pensionerlarga, raqamli teleeshittirishlarni qabul qiluvchi televizorlar, tyunerlar va boshqa qurilmalarni xarid qilish uchun imtiyozli iste’mol kreditlari berilishini kengaytirish tavsiya etilgan.