A
x up auto down

Sun’iy yo’ldosh orqali teleradioeshittirish

Bugungi kunda Respublikamizning tuman markazlarida joylashgan teleradiouzatish stansiyalari orqali tarqatilayotgan teleradiosignallar uzoq, borishi qiyin va tog’li hududlarda yashovchi aholiga to’g’ridan to’g’ri yetib kelmasligi sababli “O‘zbekiston”, "Yoshlar", "Toshkent", "Sport", "Navo", "Dunyo bo'ylab", "Madaniyat va ma'rifat", "Bolajon", "Kinoteatr", "Oilaviy", "Mahalla", "O'zbekiston 24" telekanallari va   “O‘zbekiston”, "Yoshlar", "Mahalla", "O'zbekiston 24" radiokanallar dasturlarini  NSS-12 sun’iy yo’ldosh aloqa tizimi orqali yetkazilmoqda.
Sun’iy yo‘dosh aloqa tizimi orqali tele va radiodasturlar uzatilayotgan davlatlar:
O'zbekiston, Qozog'iston, Turkmaniston, Tojikiston, Qirg'iziston, Rossiya, Pokistan, Turkiyaning ma'lum qismi, Bolgariya, Ruminiya, Moldova, Ukrainaning ma'lum bir qismi, Gruziya, Azarbayjon, Eron, Afg'oniston, Belorusiya, Finlyandiya, Norvegya, Shvetsiya, Xitoy, Mongoliyaning bir qismii, Estoniya, Latviya va unga yaqin davlatlar.

«NSS-12» suniy yo‘ldoshishining qoplash hududi

NSS-12 Sun’iy yo‘ldosh parametrlari :

 Sun’iy yo‘ldosh NSS-12
Orbita Geostatsionar / 57о sh.u.
 Uzatish chastotasi 14413.35MHz
Qabul qilish chastotasi 11587.9195 MHz
Oqimtezligi 16,53250 Mbit/s
FEC 3/4
Polyarlilik Gorizontal