A
x up auto down

Часто задаваемые вопросы

“Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi” DUK hozirgi kunda O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (MTRK), nodavlat telestudiyalar hamda “Uzdigital TV” MChJ buyurtmalariga muvofiq shartnoma asosida Respublika hududlariga tele va radio dasturlarni efirga uzatish faoliyatini amalga oshiradi. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, nodavlat teleradiokompaniyalar (“Mening Yurtim”, “Milliy TV”, “Zo’R TV”, “Uzreport TV”) o‘z...
“O‘zbekiston Respublikasi yer usti raqamli televideniye tarmog‘ini rivojlantirish” investitsiya loyihasining II bosqichiga muvofiq, 2017 yilning yakuniga qadar Respublikaning barcha borish qiyin bo‘lgan, tog‘li aholi punktlariga kam quvvatli DVB-T2 ctandartidagi raqamli teleuzatkichlar o‘rnatilishi va sun’iy yo‘ldosh aloqa tizimidan foydalangan holda raqamli televideniye dasturlarini uzatib berish rejalashtirilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 17 apreldagi PQ-1741-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida raqamli televideniyega texnik va texnologik o‘tish bo‘yicha Davlat dasturi” hamda 2014 yil 3 apreldagi PQ-2157-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi yer usti raqamli televideniye tarmog‘ini rivojlantirish” investitsion loyihasini amalga oshirish doirasida Respublikada DVB-T2 ctandartidagi raqamli...
“O‘zbekiston Respublikasi yer usti raqamli televideniye tarmog‘ini rivojlantirish” investitsiya loyihasi asosida respublikamizda DVB-T2 standartidagi raqamli teleuzatkichlar o‘rnatilmoqda. DVB-T standartidagi raqamli signallarni qabul qilishga moslashtirilgan televizor va tyuner qurilmalari DVB-T2 standartida uzatilayotgan teledasturlarni qabul qila olmaydi. Hozirgi kunda respublika hududlariga uzatilayotgan nodavlat «Mening Yurtim», “Milliy...
So‘nggi vaqtlarda DVB-T va DVB-T2 standarti degan so‘zlar tez-tez gapirilmoqda va foydalanilmoqda. DVB-T bu, DVB — inglizcha Digital Video Broadcasting (raqamli video uzatish), T/T2- inglizcha Terrestrial (yer usti) ya’ni raqamli televideniye dasturlarini efir orqali uzatish standarti demakdir. Mamlakatimizda raqamli televideniyega o‘tishning ilk davrlarida raqamli televideniyening DVB-T standarti qo‘llanilgan edi. Yillar davomida...
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti tomonidan 2012 yil 17 aprelda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida raqamli televideniyega texnik va texnologik o‘tishga doir Davlat dasturi to‘g‘risida”gi Qarorida sohadagi me’yoriy-huquqiy bazani takomillashtirish, raqamli televideniyega ikki bosqichda o‘tish ko‘zda tutilgan. O‘zbekiston Respublikasida raqamli televideniyega texnik va texnologik o‘tish Davlat dasturi doirasida respublika aholi...
2017 yilning 17 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Raqamli teleeshittirishlarga o‘tish va yer usti analog teleeshittirishlarni to‘xtatishga doir  chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 502-son qarori qabul qilingan. qarorda O‘zbekiston Respublikasida yer usti analog teleeshittirishlarni bosqichma-bosqich to‘xtatish jadvali  tasdiqlangan bo‘lib unga ko‘ra, kelgusi yilning 15 yanvaridan boshlab to 5...
Raqamli televideniyening analogli televideniyedan farqi, avvalo bu tasvir sifatida ko‘zga yaqqol tashlanadi. Chunki tasvirni uzatish hamda qabul qilish jarayonida raqamli qayta ishlanishi yanada yuqori sifatga erishish imkonini beradi. Ilgari uydagi televizor juda kam holatlarda a’lo darajada ko‘rsatardi, ekrandagi tasvirlar jimirlashib, turli tashqi ta’sirlar kuzatilardi, tasvir tez-tez yo‘qolib qolar edi. Yangi shakldagi televideniyeda esa...
Bugungi kunda zamonaviy televideniya raqamli televideniya deb ataladi. Hozirgi zamon raqamli televideniyaning imkoniyatlari juda keng. Unda radio to‘lqinli spektorni samarali qo‘llash va ko‘p dasturli televizion ko‘rsatuvlarni uzatish, interaktiv xizmatlarni joriy etib, yuqori aniqlikdagi televizion videotasvirlarni uzatish imkoniyatlari mavjud. Yer usti raqamli efir televideniyesi – bu ko‘p dasturli televideniye xizmatlarini taqdim etish,...