A
x up auto down

Texnik direktor

      Turgunov Maxmud Urayimjonovich

      Texnik direktor

     

      1980 yilda tug‘ilgan. Millati o‘zbek.

      Ma’lumoti oliy: 2003 yilda Toshkent axborot texnologiyalari universitetini bitirgan.

      Mutaxassisligi: telekommunikatsiyalar

 

     

      Mehnat faoliyatini 2001 yilda “Respublika radioeshittirish va ovoz yozish uyi” 3-darajali sozlovchisi lavozimidan boshlagan.

   

       Mehnat faoliyati to‘g‘risida ma’lumot:
 

  • 2002-2005 yy. - “Respublika radioeshittirish va ovoz yozish uyi”da turli lavozimlarda ishlagan;
  • 2005-2008 yy. - Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazida Ishlab chiqarish va Marketing, shartnomalar va innovatika bo‘limlarida turli lavozimlarda ishlagan;
  • 2008-2010 yy. - “Premium Building Service” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori;
  • 2010-2013 yy. - “Mirilxom-Nur” mas’uliyati cheklangan jamiyati ish yurituvchisi;
  • 2013-2017 yy. - “Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi” davlat unitar korxonasi Texnik ekspluatatsiyani ta’minlash xizmatida 1 toifali muxandisdan boshliq lavozimigacha bo‘lgan lavozimlarda ishlagan.

  • 2017-2018 yy. - “Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi” davlat unitar korxonasi Texnik direktor vazifasini bajaruvichisi;

  • 2019-2019 yy - “O‘zbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasining Toshkent shahar hududiy inspeksiyasi Axborot xavfsizligi,  davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida AKT joriy etish bo‘limi yetakchi inspektori;
  • ·2019 y.- h. v. - “Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi” davlat unitar korxonasi Texnik direktori vazafasini bajaruvchisi lavozimida ishlab kelmoqda.

 

        Ko‘rib chiqadigan masalalari:
 

  • O‘zbekiston Respublikasining normativ-huquqiy hujjatlari, davlat standartlari talablariga muvofiq, radioaloqa va teleradioeshittirish tarmoqlari, antenna-fider qurilmalari, elektr ta’minoti tizimlari, klimatexnika vositalari, dizel qurilmalarini, radioeshittirish tarmoqlarining texnik ekspluatatsiyasi hamda uzluksiz va barqaror ishlashini ta’minlaydi;
     
  • Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye tarmoqlari va tizimlarini, antenna-fider qurilmalari, elektr ta’minot tizimlari, klimatexnika vositalari, dizel qurilmalari, teleradioeshittirish tarmoqlari qurilmalarini me’yoriy hujjatlar talablariga muvofiq tadqiqotlar o‘tkazish, rejalashtirish, loyihalash va qurish, rivojlantirish, takomillashtirish, modernizatsiya qilish ishlarini tashkillashtiradi, elektron uskunalar ishining elektromagnit mosligini ta’minlaydi;
     
  • Korxona va uning hududiy filiallarida axborot xavfsizligini ta’minlash, ob’ektlarga kirish-chiqishda xavfsizlikni ta’minlash tadbirlarini amalga oshirishni ta’minlaydi;
     
  • Teleradioeshittirishning texnik va texnologik qurilmalarini takomillashtirish va modernizatsiya qilish, sifatni boshqarish, biriktirilgan chastota resurslaridan samarali foydalanish, tegishli sertifikatlash va tekshiruvlarni o‘tkazish, tegishli ruxsatnomalarni olish bo‘yicha yagona texnik siyosatni amalga oshiradi;
     
  • Korxona ob’ektlari, inshootlar, qurilma va tarmoqlarning ishlashiga noqonuniy xalaqitlar, tashqi ta’sirlarga qarshi ishonchli ximoya va xavfsizlikni a’minlash bo‘yicha samarali choralarni amalga oshiradi;
     
  • Korxona ob’ektlari, inshoot, qurilma va tarmoqlari xavfsizligini, uzluksiz va barqaror ishlashini ta’minlash, monitoring qilish, favqulotda vaziyatlarning oldini olish, oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha manfaatdor vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda ishlarni tashkil etadi.