A
x up auto down

Qashqadaryo RTUM

Qashqadaryo Radioteleuzatish markazi

RTUM manzili: Qashqadaryo viloyati, 
Qarshi shahri, Samarqand yo‘li ko‘chasi, 3-uy

 

 

     Qashqadaryo Radioteleuzatish markazi direktori:
     
Akmal Mamatqulovich Shodmonov

 

     Qabul kunlari: xaftaning xar dushanba va payshanba kunlari soat 08:00 dan 11:00 gacha 
     Bog‘lanish uchun tel. raqamlari: 0-375-226-04-21,
     Elektron pochta manzili: karshi@crrt.uz 

 

 

     ​

 

 

 

 

      Bosh muxandis:
      Пардаев Эгамберди Холилович  

 

      Qabul kunlari: haftaning har seshanba, chorshanba va juma kunlari
      soat 08:00 dan 11:00 gacha, 
      Bog‘lanish uchun tel. raqamlari: 0-375-226-04-21,
      Elektron pochta manzili: karshi@crrt.uz 

 

 

 

 

 

 

Qashqadaryo Radioteleuzatish markazi faoliyati

 

Viloyatimizda teleko‘rsatuvlar 1965 yilda Dehqonobod tuman Beshbuloq qishloq xududida, dengiz sathidan 1265 m balandlikda joylashgan balandligi 30 va 100 metrlik teleminora orqali tarqalgan.Kunlik efir vaqti 2 soat bo‘lib, el.energiya dizel- generator orqali ta’minlangan.Bu vaqtda Qashqadaryo va Surxandaryo vilotlari Samarqand RKRMga qarashli bo‘lgan.
- 1976 yilda mustaqil xo‘jalik hisobidagi Qarshi TURM korxonasi tashkil etilgan. Qarshi TURM tasarrufida Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlardagi o‘rnatilgan tele-radio stansiyalari bo‘lgan. Shu davrda Qarshi TURM ixtiyorida Odamtosh (Qashqadaryo), Jarqurg‘on va Vaxshivar (Surxondaryo) kabi katta quvvatli teleradiostansiyalar mavjud bo‘lib, Qashqadaryo viloyatining 74 % va Surxondaryo viloyatini 78 % aholisi televideniye bilan ta’minlangan. Qarshi TURM nomi o‘zgarib, 1996 yildan boshlab Qashqadaryo RTUM deb atala boshlangan.
Telesignallar yetib bormaydigan tog‘li xududlardagi qishloq axolisini teleko‘rsatuvlar bilan ta’minlash maqsadida 1976 yildan – Shaxrisabz, Kitob, Chiroqchi, Qamashi, Dexqonobod, Yakkabog‘ tumanidagi qishloqlarda kam quvvatli, xizmat ko‘rsatilmaydigan stansiyalarda teleuzatgichlar o‘rnatildi va ishga tushirildi.
2004 yilda Yaponiya krediti asosida katta quvvatli stansiyalarda zamonaviy, tranzistorli uzatgichlar o‘rnatilib, ishga tushirildi. 
- XXR krediti asosida 2006 yilda Yo‘ldoshli aloqa vositasidan foydalangan holda tog‘ oldi, tog‘ orti telesignallar yetib bormaydigan xududlarni teleradio signallar bilan ta’minlash maqsadida davlat O‘zbekiston televideniye va O‘zbekiston radiosi uchun jami viloyat bo‘yicha 46 ta punktda teleradio uzatgichlar o‘rnatildi va ishga tushirildi.
“O‘zbekiston Respublikasi yer usti raqamli televideniye tarmog‘ini rivojlantirish” investitsiya loyihasiga muvofiq 2017 yilda DVB-T2 standartidagi teleko‘rsatuvlar RTS-Odamtosh (Dexqonobod tumani), RTS-Taxtakaracha (Taxtakaracha dovoni) telestansiyalari orqali quvvati 5.0 kVtli, RTS-Qarshi telestansiyasi orqali quvvati 1.0 kVt bo‘lgan 3 ta raqamli uzatgich, RTS-Kuksoy (Dexqonobod tuman Beliboyli qishlog‘i), RTS-Chingurak (Shaxrisabz tuman Chingurak qishlog‘i) telestansiyalari orqali quvvati 1.0 kVt, RTS-Palandara (Kitob tuman Palandara QFY) telestansiyasi orqali quvvati 0.6 kVt bo‘lgan raqamli uzatgichlar O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tomonidan tayyorlanadigan 12 ta ijtimoiy telekanal va 4 ta radiodasturlari, shuningdek 6 ta nodavlat telekanallar dasturlari tarqatilmoqda. 

Qashqadaryo RTUMda 6 ta yuqori quvvatli va 80 ta kam quvvatli RTSlar mavjud.

Yuqori quvvatli RTSlar nomi.

1.RTS-Odamtosh – Dexqonobot tumanida
2.RTS-Qarshi – Qarshi shaxrida
3.RTS-Muborak – Muborak shaxrida
4.RTS-Kuksoy – Dexqonobod tumanida
5. RTS-Chingurak – Shaxrisabz tumanida
6. RTS-Palandara – Kitob tumanida