A
x up auto down

Kapital qurilish bo'yicha direktor

       Abduazizov Alisher Abdushukurovich

       Kapital qurilish bo‘yicha direktori v.b.

     

       1961 yilda tug‘ilgan. Millati o‘zbek.

       Ma’lumoti oliy: 1983 yilda Toshkent elektrotexnika aloqa institutini tamomlagan.

       Mutaxassisligi: radioaloqa, radioeshittirish muhandisi.

 

 

 

       Mehnat faoliyatini 1983 yilda Respublika radioeshittirish va ovoz yozish uyi sex muhandisi lavozimidan boshlagan.

       

       Mehnat faoliyati to‘g‘risida ma’lumot:
 

  • 1987-1987 yy. - Toshkent oraliq liniya va aloqa korxonasi yo‘l laboratoriyasi 3-toifali muhandisi;
  • 1987-1988 yy. - Toshkent aloqa politexnikumi laboratoriya mudiri;
  • 1988-1991 yy. - «O‘zsuvta’mirlashekspluatatsiya» respublika ishlab chiqarish korxonasi birlashmasi avtolashtirilgan telefon elektroaloqa bo‘limi 1-toifali muhandisi, boshqarma boshlig‘i;
  • 1991-1992 yy. - «O‘zsuvta’mirlashekspluatatsiya» Respublika ishlab chiqarish birlashmasi «Vodnik» mehmonxonasi direktori;
  • 1992-1998 yy. - «Suvchi» mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori;
  • 1998-1999 yy. - «TITC» o‘zbek-nemis-italiya qo‘shma korxonasi bosh direktori;
  • 1999-2001 yy. - «Suvchi» mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori;
  • 2001-2003 yy. - «O‘zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasi «Chirkom» qo‘shma korxonasi servis markazi boshlig‘i;
  • 2003-2005 yy. - «O‘zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasi Ishlar boshqaruvchisi;
  • 2005-2011 yy. - «O‘zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasi filiallarida turli rahbarlik lavozimlarida ishlagan
  • 2011-2012 yy. - O‘zbekiston Respublikasi aloqa, axbrotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti moliya va iqtisod ishlari bo‘yicha prorektori;
  • 2012-2015 yy. - O‘zbekiston respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi Respublika axborot-kutubxona markazi direktori;
  • 2016-2017yy. - «Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi» davlat unitar korxonasi bosh direktor o‘rinbosari;
  • 2017-2019 yy. - Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori;
  • 2019 -2019 yy  - “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi “Telekommunikatsiya transport tarmog‘i” filiali direktori o‘rinbosari;
  • 2019- 2020 yy- «Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi» davlat unitar korxonasi Kapital qurilish, transport va ta’minot direktori
  • 2020 y -h.v. -   “Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi” davlat unitar korxonasi  Kapital qurilish bo‘yicha direktori vazifasini bajaruvchisi lavozimiga tayinlangan.

 

       Ko‘rib chiqadigan masalalari:
 

  • Korxonaning teleradioeshittirish tarmoqlarida, bino va inshootlarida investitsiya loyihalarinini, kapital va joriy ta’mirlash, qurish, korroziyaga qarshi qoplash ishlarini amalga oshirish, loyiha smeta hujjatlarini ishlab chiqish, ekspertizadan o‘tkazish ishlarini tashkil etadi;
     
  • Teleradioeshittirish tarmoqlarida kapital va joriy qurilish bo‘yicha investitsiya loyihalarini, shartnomalar (kontraktlar)ni imzolash uchun belgilangan tartibda tender savdolarini o‘tkazish;
     
  • teleradioeshittirish tarmoqlari qurilmalari, elektr ta’minot tizimlari, klimatexnik uskunalar, dizel qurilmalari uchun kerakli ehtiyot qismlarini xarid qilish ishlarini tashkil etadi;
     
  • korxonaning texnik va texnologik vositalari, ularning ehtiyot qismlarini xarid qilish yoki hisobdan chiqarish ishlarini muvofqlashtirish, teleradiouzatish tarmoqlarini modernizatsiya qilish, moddiy-texnik bazani mustahkamlash uchun tegishli qurilma, uskunalar yetkazib beruvchilar va xizmat ko‘rsatuvchilarni aniqlash ishlarini tashkil etadi.