A
x up auto down

Bosh direktor

    Sabirov Muradjan Maxmudovich

    Bosh direktor
 

    1974 yilda tug‘ilgan. Millati o‘zbek.

    Ma’lumoti oliy: 1996 yilda Toshkent elektrotexnika aloqa institutini bitirgan. 2001 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot
    universiteti (sirtqi)ni tamomlagan.

    2012 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan

    Mutaxassisligi: Avtomatik elektrik aloqa muhandisi; bozor  iqtisodiyoti asoslari va tamoyillari magistri

 

Mehnat faoliyatini 1996 yilda Mirobod telefon aloqa bog‘lamasi 50-avtomatik telefon stansiyasi elektromexanigi lavozimidan boshlagan.
 

      Mehnat faoliyati to‘g‘risida ma’lumot:
 

  • 1996 yildan 2004 yilgacha -“Toshkent shahar telefon tarmog‘i” ochiq aksiyadorlik jamiyatida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.
  • 2004 yildan 2005 yilgacha – O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Axborot texnologiyalari va xizmatlari bo‘limi yetakchi mutaxassisi, Telekommunikatsiya texnologiyalari va xizmatlari bo‘limi yetakchi mutaxassisi lavozimida;
  • 2005-2012.yy. -“O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi “Toshkent shahar telefon tarmog‘i” filiali Texnik ekspluatatsiya xizmati boshlig‘i, Chilonzor telefon bog‘lamasi bosh muhandisi, Chilonzor telefon bog‘lamasi boshlig‘i
  • 2012-2019.yy. -“O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi departament direktori, boshqarma boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.
  • 2019-2019 yy. - “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi davlat organlari bilan o‘zaro munosabatlar bo‘yicha direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchisi
  • 2019 yil iyuldan - “Radioaloqa, radioyeshittirish va televideniye markazi” davlat unitar korxonasi bosh direktori vazifasini bajaruvchisi;
  • 2019 yil dekabrdan  - “Radioaloqa, radioyeshittirish va televideniye markazi” davlat unitar korxonasi bosh direktori lavozimida ishlab kelmoqda.

 

      Ko‘rib chiqadigan masalalari:
 

  • Korxonaning teleradiodasturlarni uzatish, radioaloqa, radioeshittirish va televideniye tizimlari va tarmoqlarini ekspluatatsiya qilish, loyihalash-qurish, xizmat ko‘rsatish faoliyatida umumiy rahbarlikni amalga oshiradi;
     
  • Korxona va uning hududiy filiallarining moliyaviy natijalarini yaxshilash, daromadlarni oshirish, rentabillikni ta’minlash uchun korxonaning texnik, moliyaviy-iqtisodiy faoliyati, tarif va narx, boshqaruv marketing, kadrlar siyosatini takomillashtirish ishlarini tashkil etishda bevosita rahbarlik qiladi;
     
  • Korxonada marketing tadqiqotlari, moliyaviy monitoring, yillik istiqbolli biznes-rejalarni ishlab chiqish, korxonaning qisqa va uzoq muddatli rivojlanish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishni tashkil qiladi;
     
  • Korxona va uning hududiy filiallarining boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish bo‘yicha ishlarni nazorat qiladi va tasdiqlangan shtat birligi doirasida o‘zgartirishlar kiritadi va belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan kelishadi;
     
  • korxonaning boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar va boshqaruv organlari bilan korxona faoliyati bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha o‘zaro munosabati va faoliyatini muvofiqlashtiradi;
     
  • korxona va uning hududiy filiallarida axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni muvofiqlashtiradi, shuningdek korxona ob’ektlarining xavfsizligi, uzluksiz va xavfsiz ishlashini, shu jumladan favqulotda vaziyatlarni bartaraf etish bo‘yicha manfaatdor vazirlik va idoralar bilan hamkorlikni amalga oshiradi;
     
  • belgilangan tartibda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar bilan tegishli shartnoma (kontrakt) larni imzolaydi va ularning bajarilishini nazorat qiladi;
     
  • davlat organlari tomonidan tuziladigan komissiyalar, qo‘mitalar, ishchi guruhlarga qatnashadi yoki ushbu yo‘nalishdagi mas’ul mansabdor shaxslarni ishtirok etishini ta’minlaydi;
     
  • davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining buyruqlari, qarorlari va boshqa vakolatli hujjatlarining bajarilishini nazorat qiladi.