A
x up auto down

«O‘zbekiston Respublikasi yer usti raqamli televideniye tarmog‘ini rivojlantirish» investitsion loyihasini amalga oshirish (2016-2017y.y.)

Hozirgi davrda, O‘zbekiston Respublikasi, dunyoning ko‘pgina rivojlangan davlatlari qatorida, yer ustki analog televideniyesidan DVB-T(Digital Video Broadcasting-Terrestrial) standartidagi yer ustki raqamli televideniyesi o‘tishni davom ettirmoqda.

O‘zbekiston Respublikasida raqamli televideniyega texnik va texnologik o‘tish Davlat dasturi doirasida respublika aholi punktlarini raqamli televideniye bilan to‘liq qamrab olish, bundan tashqari, “O‘zbekiston Respublikasi yer usti raqamli televideniye tarmog‘ini rivojlantirish” investitsion loyihasini amalga oshirish uchun taqdim etilgan imtiyozli kreditdan samarali foydalanish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 3 aprelda “O‘zbekiston Respublikasida yer usti raqamli televideniye tarmog‘ini rivojlantirish uchun Yaponiya xalqaro hamkorlik banki va Yaponiyaning boshqa tijorat banklari imtiyozli kreditlarini jalb etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilindi.

Ushbu qaror asosida Yaponiyaning xalqaro hamkorlik banki va Yaponiyaning tijorat banklarini imtiyozli kreditlarini jalb qilgan holda «Ogawa Seiki Co. Ltd» (Yaponiya) kompaniyasi bilan raqamli qurilmalarni yetkazib berish bo‘yicha import shartnomasi imzolandi.

Yuqoridagi Hukumat qarorlari asosida Respublikamizda bosqichma-bosqich raqamli televideniyega o‘tilmoqda. “O‘zbekiston Respublikasi yer usti raqamli televideniye tarmog‘ini rivojlantirish” investitsiya loyihasiga muvofiq, 2016-2017 yillarda Respublikaning viloyat markazlari va yirik shaharlariga DVB-T2 standartidagi yuqori quvvatli raqamli teleuzatkichlar hamda tog‘li va borish qiyin bo‘lgan aholi punktlariga kam quvvatli raqamli teleuzatgichlar o‘rnatish va Respublika aholisini to‘liq raqamli televideniye signallari bilan qamrab olish rejalashtirilgan.

2016 yil mamlakatimiz Mustaqilligining 25 yillik bayrami arafasida Qo‘ng‘irot, Mang‘it, Olot, Jizzax, Qarshi, Muborak, Navoiy, Zarafshon, Uchquduq, Kattaqo‘rg‘on, Nurobod, Chorbog‘, Shougaz radiotelevizion stansiyalarda jami 13 ta DVB-T2 standartdagi raqamli teleuzatgichlar test rejimida ishga tushirildi hamda ochiq to‘plam tarkibida davlat teleradiodasturlarini efirga uzatish ta’minlandi.

2016 yil noyabr-dekabr oylarida Andijon, Farg‘ona, So‘x, Qo‘qon, Chimyon, Nurobod, Chust, Chodak, Toshkent, Chorbog‘, Quyoshli, Jizzax, Kattaqo‘rg‘on, Nurobod, Cho‘pon-ota, Taxtaqaracha, Qarshi, Muborak, Ko‘ksoy, Jarqo‘rg‘on, Bobotog‘, Navoiy, Zarafshon, Uchquduq, G‘ozg‘on, Tomdi, Temirqovuq, Buxoro, Olot, Zafarobod, Gazli, Qizilrovot, Urgench, Tuproqqal’a, Nukus, Qo‘ng‘irot, Mang‘it, Jasliq, Qibla-Ustyurt va Karakalpakiya RTSlarda o‘rnatilgan DVB-T2 standartdagi raqamli uzatkichlar orqali ochiq to‘plam tarkibida davlat teleradiodasturlarnii uzatilishi yo‘lga qo‘yildi va buning natijasida Respublika aholisini raqamli televideniye dasturlari bilan qamrovi 88 %ga yetkazildi.

2017 yilning birinchi choragida Pitnak, To‘rtko‘l, Guliston, Uchquduq, Zarafshon, Olot, Qoravulbozor, Muborak, Qarshi, Vaxshivar, Odamtosh, Lenburg va Ko‘ksoy RTSlarda DVB-T2 standartdagi raqamli uzatkichlarning montaj ishlari yakunlandi va test rejimda ishga tushirildi.

Qo‘ytosh va Vaxshivor RTSlarda o‘rnatilgan yuqori quvvatli uzatgichlar ishga tushirish arafasida.

Investitsiya loyihasining II-bosqichi doirasida respublikaning uzoq va borishi qiyin bo‘lgan aholi yashash punktlarida montaj ishlari olib borilayotgan 35 ta kam quvvatli raqamli teleuzatgichlarning 19 tasi test rejimda ishga tushirildi.

Respublika aholisini raqamli televideniye dasturlari bilan qamrovi darajasi 95 % yetkazildi.