Korxona yangiliklari

Zamonaviy menejmentdan saboq

Blog Single

«Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi» DUK katta ishga qo‘l o‘rdi. Korxonaning joylardagi barcha hududiy RTUM rahbarlarini raqamli iqtisodiyot, zamonaviy menejment yo‘nalishda o‘qitishga kirishdi. Buning uchun poytaxt viloyatidagi “Navbahor” sihatgohi tanlandi.

Bugun, 1 mart kuni bir haftalik o‘quv mashg‘ulotlarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining telekommunikatsiya infratuzilmasi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari J.Maxsudov va “RRTM” DUK Bosh direktori M.Sabirov ishtirok etdilar.

Mashg‘ulotlar davomida kurs ishtirokchilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi, «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonuni, «Raqamli O‘zbekiston-2030» strategiyasining mazmun-mohiyati, «Mehnat sohasida ijtimoiy hamkorlik asoslari, Jamoa shartnomalari va kelishuvlari» hamda «O‘zbekistonda axborot jamiyatning shakllanishi, siyosiy-huquqiy asoslari, yashirin iqtisodiyot va korrupsiyaga qarshi kurashish hamda uning oldini olish» mavzularida maʼurzalar tinglanadi. Shu bilan birga, ular maxsus ishlab chiqilgan madaniy-maʼrifiy tadbirlarda qatnashishadilar. 

Mashg‘ulotlar doirasida «Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi» DUK rahbar-xodimlari uchun Toshkent shahridagi INHA universitetining IT-inkubatsiya markazi hamda IT-Parkda ekskursiya tashkil qilish rejalashtirilgan. Kurs yakunida tinglovchilarga maxsus sertifikatlar topshiriladi.

 

 

Ulashish:

O`xshash maqolalar: