Korxona yangiliklari

“UZREPORT AXBOROT AGENTLIGI” МЧЖ таъсислигидаги “FUTBOL TV” телеканали юзасидан

Blog Single

Nodavlat telekanallar o‘z teledasturlarini tarqatish hududlarini o‘zlari belgilab, teledasturlar qamrov hududini kengaytirishga ehtiyoj yuzaga kelganda “Radioaloqa, radioeshittirish va televidenie markazi” DUK (“RRTM” DUK)ga buyurtma beradi, “RRTM” DUK esa o‘z navbatida mazkur texnik imkoniyatdan kelib chiqib, tegishli shartnoma asosida talab etilayotgan hududda telekanallarni uzatilishini taʼminlaydi.

“FUTBOL TV” telekanali – “UZREPORT AXBOROT AGENTLIGI” MCHJ taʼsisligidagi telekanal bo‘lib, taʼsischi talabidan kelib chiqib, 2021 yilda “RRTM” DUK va “UZREPORT AXBOROT AGENTLIGI” MCHJ o‘rtasida faqat respublikaning viloyat markazlarida “FUTBOL TV” telekanalini tarqatilishini taʼminlash bo‘yicha shartnoma imzolangan.“RRTM” DUK shartnoma bo‘yicha o‘ziga yuklatilgan majburiyatdan kelib chiqib, shartnomada ko‘rsatib o‘tilgan, hududlarni qamrov oluvchi teleuzatgichlar orqali “FUTBOL TV” telekanalini uzatilishini taʼminlab kelmoqda.

Ulashish:

O`xshash maqolalar: