Korxona yangiliklari

O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuxrat Sadikov rahbarligida tashkiliy tadbir

Blog Single

Joriy yilning 20 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuxrat Sadikov raisligida hamda "Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi" DUK bosh direktori Muradjan Sabirov va boshqa mutasaddi tashkilot xodimlari ishtirokida Samarqand radioteleuzatish markazida navbatdan tashqari yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Tadbir avvalida ko‘p yillardan bo‘yon aloqa sohasida faoliyat olib borgan “RRTM” DUK Camarqand radioteleuzatish markazi direktori lavozimida ishlab kelayotgan Furkat Razikovni nafaqaga kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda “RRTM” DUK Bosh direktori Muradjan Sabirov Camarqand radioteleuzatish markazi direktori Furqat Razikov boshchiligida amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalar to‘g‘risida maʼlumot berib, ushbu natijalarga erishishda Furqat Razikovning qo‘shgan xissasi alohida qayd etib o‘tildi va nafaqa yoshiga yetganligi munosabati bilan esdalik sovg‘alar topshirildi hamda tashakkurnoma bilan taqdirlanildi.

Shundan so‘ng tashkiliy masalalar bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazilib, “RRTM” DUK Bosh direktorining tegishli buyrug‘i bilan 21 apreldan Camarqand radioteleuzatish markazi direktori vazifasini bajaruvchi etib, Markazning bosh muhandisi lavozimida ishlab kelgan Islomiddin Alikulov tayinlandi, Markazning bosh muhandisi lavozimiga esa Chupon-Ota radiotelevizion stansiyasi boshlig‘i Abdulaziz Sharipov tayinlandi.

Yig‘ilishda ishtirok etgan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuxrat Sadikov, o‘zini-o‘zi moliyalashtirish korxona ravnaqida muhim o‘rin tutishi haqida so‘z yuritib, sifatli xizmat ko‘rsatish eng asosiy talab ekanligi, bu borada rahbar-xodimlar tashabbuskor bo‘lishlarini alohida taʼkidlab, yangi tayinlangan rahbar-xodimlarga tegishli vazifa hamda tavsiyalar berdi va kelgusi faoliyatlarida muvofaqiyatlar tiladi.

Shu bilan birga, tadbir yakunida “RRTM” DUK radioteleuzatish markazlarining moddiy texnik bazasini mustahkamlash chora-tadbirlar doirasida tog‘li va yetib borish qiyin bo‘lgan hududlarga mo‘ljallangan yo‘l tanlamas maxsus avtotrasport vositasi Camarqand radioteleuzatish markaziga tantanali ravishda topshirildi.

 

Ulashish:

O`xshash maqolalar: