Korxona yangiliklari

Umumxalq xayriya hasharida faol ishtirok etildi

Blog Single

21-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli Farmoyishiga asosan, butun mamlakat bo‘ylab umumxalq obodonlashtirish xayriya hashari o‘tkazildi.

“Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik” ostida o‘tkazilayotgan ushbu xayrli tashabbus doirasida mahallalar, aholi yashash xonadonlari, ko‘p qavatli uy atroflari, guzar va xiyobonlar, ziyoratgoh va qabristonlar, ko‘cha va bolalar maydonchalarida keng obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib boriladi.  Shuningdek, ushbu tashabbus kam taʼminlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, boquvchisini yo‘qotgan oilalar, yolg‘iz yashovchi hamda nogironli mavjud yurtdoshlarimiz holidan xabar olish, uy-joylarini taʼmirlashga ko‘maklash maqsadida tashkil etilgan.

“RRTM” DUK markaziy apparati va uning hududiy RTUM xodimlari umumxalq xayriya xasharida faol ishtirok etib, o‘zlariga biriktirilgan hududlarda obodonlashtirish, yo‘lak va ariqlar chiqindi va shox-shabbalardan tozalash, daraxtlarni oqlash va butash, shu bilan birga ko‘kalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirdilar.

Ulashish:

O`xshash maqolalar: