Korxona yangiliklari

Toshkent teleminorasini chakmok urganligi yuzasidan

Blog Single

“Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi” DUK 23 may kuni internet sahifalar va ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent teleminorasini chaqmoq urgani va teleminoraning bayrog‘i yonishi aks etgan video lavhalar yuzasidan qo‘yidagilarni maʼlum qiladi.

Respublikamizning noyob arxitektura inshooti bo‘lmish Toshkent teleminorasi kuchli chaqmoq urishiga qarshi himoya tizimi va yerga ulanish konturlari bilan taʼminlangan bo‘lib, chaqmoq urish xavfidan to‘liq himoyalangan.

Toshkent shahridagi kuzatilgan noqulay ob-havo sharoiti vaqtida Toshkent teleminorasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chaqmoq urish hodisasi sodir bo‘lmagan, yaʼni video olingan rakursdan chaqmoq urganligi qayd etilgan bo‘lsada, aslida chaqmoq sodir bo‘lishi teleminoradan maʼlum bir masofada bo‘lib o‘tganligini bildiramiz. Toshkent teleminorasining bayrog‘i yongan video ham yolg‘on xabar bo‘lib, teleminora bayrog‘ining past qismidagi ogoxlantiruvchi qizil chiroqlar shuʼlasi bayroqqa tushib ushbu xolatni aks ettirgan.

Bugungi kunda Toshkent teleminorasida barcha texnik qurilmalar barqaror ishlamoqda va aholiga teleradiodasturlar uzluksiz tarqatib kelinmoqda.

Ulashish:

O`xshash maqolalar: