Korxona yangiliklari

Toshkent radioteleuzatish markazida sport musobaqalari bo‘lib o‘tdi

Blog Single

“Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanish hamda sog‘lom turmush tarzi bo‘yicha xayotiy ko‘nikmalarni shakllantirish orqali xar bir fuqaroda kasallikka qarshi kuchli immun tizimi paydo bo‘lishini taʼminlaydi.

Ommaviy jismoniy faollik tadbirlarini tizimli hamda samarali tashkil qilish va turli xil sport turlari bilan shug‘ullanuvchi ishchi xodimlarni rag‘batlantirish maqsadida 2021 yilning 1-5 iyun kunlari  Toshkent radioteleuzatish markazi ishchi xodimlari o‘rtasida mini futbol, shashka, shaxmat va stol tennisi yo‘nalishlar bo‘yicha sport musobaqalari tashkil qilindi.

Bo‘lib o‘tgan musobaqada barcha xodimlar faol ishtirok etdilar va musobaqalar yakunida Toshkent radioteleuzatish markazi rahbariyati tomonidan sovrinli o‘rinlarni egallagan xodimlar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

 

 

Ulashish:

O`xshash maqolalar: